Sergelining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
“Joriy yilning, 4-11 dekabr kunlari Toshkent shahar Sergeli tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi”, – deya xabar bermoqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati.
“Teplichnaya” podstansiyasida eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.
Uzilishlar Sergeli tumanining: “Nomdanak”, “Sultonobod”, “Xonobod”, “Xonobodtepa”, “Xontepa”, “Eski Jaloyir”, “Ko‘xnaqumariq”, “Ziyolilar”, “Eshonbuloq”, “Izzatli”, “Sadoqat”, “Shukrona”, “Xalqobod”, “Madaniyat”, “Qushqo‘rg‘on”, “Asrobod”, “Eshonbuloq” hamda “Kengmakon” MFYlarining ayrim hududlarida bo‘ladi.
“O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz”, – deyilgan xabarda.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.