Senatning aralashuvidan so‘ng O‘zbekistonga liftlarni olib kirish muammosi hal bo‘la boshladi

Senatning aralashuvidan so‘ng O‘zbekistonga liftlarni olib kirish muammosi hal bo‘la boshladi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan senator so‘roviga berilgan javobda so‘nggi paytlarda mamlakatda liftlar bilan bog‘liq noxush holatlar sodir bo‘layotgani sababli xalqaro, xususan, Yevropa tajribasini o‘rgangan holda liftlar va ularning moslamalari sifati hamda xavfsizligiga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazilayotgani ma’lum qilingan.

Shuningdek, liftlarni tekshiruvdan o‘tkazish qamrovini ta’minlash va sifatli amalga oshirish maqsadida liftlarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarni xalqaro standartlarga asosan akkreditasiyadan o‘tkazish tizimini yaratish kabi bir qator muhim topshiriqlar belgilangani ko‘rsatib o‘tilgan.

Senator so‘rovidan so‘ng O‘zbekiston akkreditasiya markazi qaroriga asosan “Sanoat xavfsizligi” DM mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi nomiga rasmiylashtirilgan (OZAK.MS.0068) va sinov laboratoriyasi nomiga rasmiylashtirilgan (OZAK.SL.0248) akkreditasiya guvohnomalari qayta tiklandi hamda tadbirkorlarga lift, eskalator va travolator uchun belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatlarini berish jarayoni qayta yo‘lga qo‘yildi, — deyiladi xabarda.

Bugungi kungacha 36 ta tadbirkorlik sub’ektining 150 ta lift uskunasi tegishli ob’ektga olib chiqib ketildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!