Sayyod.com rahbari Sardor Komilov koronavirusga chalindi

Sayyod.com rahbari Sardor Komilov koronavirusga chalindi

Sayyod.com rahbari Sardor Komilov koronavirusga chalindi. Bu haqda u instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.

"1. Kovid alomatlari menda paydo bo‘lganiga 6 kun bo‘ldi.
2. Bu bir oy vaqt ichida ishgayam chiqmadim, intervyular ham bo‘lmagan! Efirdagi barchasi may-iyun oralig‘ida suratga olingan. Xullas, bir oy muloqotlar cheklangandi.
3. Burundan tomoqqacha shamollashdek boshlandi.
4. Hid va maza sezmay qolganim 2-3 kunidan boshlandi.
5. Eng qizig‘i ishtaha yo‘qolmadi, qaytanga ta’m sezmasam ham xuddi sezayotgandek (ko‘z tegmasin) maza qilib paqqos tushiryapman)).
6. Birinchi kundanoq umuman isitma yo‘q!
7. Kechalari asosan aritmiya va yurak og‘rig‘i bezovta qilmoqda.
8. Kofe va shirinlikdan voz kechdim (juda qiyin bo‘lyapti).
9. Shu 6 kun ichida o‘zimda agressiya kuchayganini sezdim. Bu boshqa tanishlarimda ham shunday ekan. Ya’ni keng ommaga aytilmagan, ammo kimlardadir bo‘layotgan simptomlardan biri jizzakilik, asab.
10. Ertalab uyg‘onib 10-15 minutlik aerobika, nonushta ketidan sink va akva D3, kuniga 3 mahal magne B6 va askorutin, kechasiga trombopol, ko‘p suyuqlik, tarvuz, shipovnik+limon+novvot+turshak damlamasi iste’mol qilmoqdaman", – deb yozib qoldirdi jurnalist.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!