O‘zbekiston Prezidenti YEOIIning yubiley sammitida ishtirok etdi

A A A
O‘zbekiston Prezidenti YEOIIning yubiley sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 may kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining o‘ttizinchi yig‘ilishida videoaloqa orqali ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari ushbu integrasiyaviy birlashma sammitlarida O‘zbekiston 2020 yilda kuzatuvchi maqomini olganidan buyon an’anaviy ravishda ishtirok etib kelmoqda.

Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin raisligida o‘tgan bu galgi uchrashuvda Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan, kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Kuba Respublikasi Prezidenti Migel Dias-Kanel hamda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati raisi Mixail Myasnikovich qatnashdi.

Taklif etilgan davlat rahbarlari sifatida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon ham ishtirok etdi.

Kun tartibiga muvofiq, ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, sanoat kooperasiyasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida O‘zbekiston YEOII huzuridagi kuzatuvchi davlat sifatida birlashma doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etayotganini qayd etdi.

Savdo munosabatlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, yangi o‘sish nuqtalari va imkoniyatlarni izlash bo‘yicha birgalikda ish olib borilmoqda. 2022 yilda O‘zbekistonning YEOII mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 23 foizga ko‘paydi. Barqaror o‘sish sur’ati joriy yilda ham kuzatilmoqda.

Sanoat kooperasiyasi sohasida keyingi yillarda mamlakatimizning ustuvor tarmoqlarida yuzlab qo‘shma loyiha va korxonalar ishga tushirildi

Ishbilarmonlar muloqotini rag‘batlantirish uchun samarali platformalar yaratildi. Joriy yilning aprel oyida uchinchi bor Toshkentda muvaffaqiyatli o‘tkazilgan va an’anaviy tus olgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi shular jumlasidan.

Evroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan konstruktiv hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Uch yillik Qo‘shma reja doirasida qonunchilikni xalqaro normalarga uyg‘unlashtirish, iqtisodiyotni tartibga solish tajribasi bilan almashish, savdo-iqtisodiy va transport-kommunikasiya sohalarida to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha 200 dan ziyod tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston savdo tartibotlarini soddalashtirish bo‘yicha hamda transport, qishloq xo‘jaligi, ekologiya va turizm sohalaridagi alohida dasturlar va tarmoq loyihalarida ishtirok etmoqda.

– Global xavf-xatarlar, transport-logistika zanjirlarida jiddiy uzilishlar, oziq-ovqat taqchilligi va energetik xavfsizlik tahdidlari va boshqa muammolar kuchayib borayotgani mamlakatlarimiz barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining birinchi galdagi vazifalarini hal etish uchun yaqin hamkorlikni yanada muvofiqlashtirishni taqozo qilmoqda, – dedi O‘zbekiston yetakchisi.

Davlatimiz rahbari mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo aylanmasi hajmini tubdan oshirish uchun savdo tartib-taomillarini soddalashtirish va zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish muhimligini qayd etdi. Texnik to‘siqlarni bartaraf etish va sertifikatlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitimning qabul qilinishi bunga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Prezidenti bojxona ma’muriyatchiligi, sanitar, fitosanitar va veterinar nazorat hamda tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashning elektron platformalari va onlayn tizimlarini integrasiya qilish muhimligini ko‘rsatib o‘tdi. Ushbu tashabbusni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish uchun ekspertlar darajasida batafsil maslahatlashuvlar o‘tkazish taklif qilindi.

– Yevroosiyo makonida yangi ish o‘rinlarini yaratish va industrial xablarni shakllantirishning muhim omili sifatida sanoat kooperasiyasi va mahalliylashtirishni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rilishi lozim, deb hisoblaymiz, – dedi Prezident.

Mamlakatimiz kooperasiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama dasturlarda va YEOII Ishbilarmonlar kengashi faoliyatida ishtirok etishdan manfaatdor ekani bildirildi.

Muqobil transport yo‘laklarini shakllantirish va barqaror logistika zanjirlarini yaratish borasida birgalikdagi ishlarni kuchaytirish ahamiyatiga e’tibor qaratib, O‘zbekiston yetakchisi Shimol – Janub xalqaro yo‘laklarini va mintaqamizni Xitoy, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘lovchi boshqa magistrallarni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari tarif siyosati masalalarida yaqindan muvofiqlashuv zarurligini qayd etib, “O‘zbekiston – Afg‘oniston - Pokiston” temir yo‘li qurilishini amalga oshirish bo‘yicha Loyiha ofisi ishiga qo‘shilishga taklif etdi.

Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida O‘zbekiston rahbari qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari importi o‘rnini faol bosishni rag‘batlantirish, “yashil” yo‘laklarning to‘laqonli ishlashini ta’minlash, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish va innovasiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatlarimiz agrobiznesi vakillari o‘rtasida kooperasiya aloqalarini rivojlantirishni rag‘batlantirish takliflarini ilgari surdi.

Shu maqsadda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi vazirlari, oziq-ovqat mahsulotlarining yetakchi ishlab chiqaruvchilari va importchilari ishtirokida “EOII plyus” formatida Agrar forumni o‘tkazish tashabbusini bildirdi.

Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, oliy ta’lim muassasalari va professional ta’lim markazlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari qayd etildi. Muhandislik-texnik ixtisosliklar bo‘yicha talab yuqori bo‘lgan kadrlarni birgalikda tayyorlash yuzasidan “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish taklif etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti so‘zining yakunida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi yakunlari YEOII mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, shakl va mexanizmlarini rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Kecha O‘zbekistonda eng issiq harorat rekordi yangilandi!

Бу хақда Ўзгидромет хабар бермоқда.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

"Manchester Siti" rahbariyati: Bu ikki himoyachi klubda qoladi

"Манчестер Сити" раҳбарияти жамоада икки ҳимоячини олиб қолиш ниятида.

Eldor Shomurodovning yangi jamoasi ma’lum. U Italiyadan ketmoqda

"Рома" ҳужумчиси Элдор Шомуродов Италиянинг "Кремонезе" клубига ўтиши ҳақида хабар тарқалганди.

Lamin Yamal: "Butun dunyo tayyorlansin"

«Барселона» ҳужумчиси Ламин Ямал футболдаги келажаги ҳақида гапирди. Испаниялик футболчи 5 йил ичида бутун дунёни тайёрланишга чақирди.

Jahongir Ortiqxo‘jayev Antalyada 550 mln dollarlik loyiha boshlagani ma’lum qilinmoqda

Ўзбек тадбиркори Жаҳонгир Ортиқхўжаев Туркияда 550 млн долларлик йирик инвестиция лойиҳасини амалга оширмоқда. Бу лойиҳа икки давлат ўртасидаги иқтисодий ва маданий алоқаларни янада мустаҳкамлашга хизмат қилмоқда. Ортиқхўжаевнинг фикрича, Ўзбекистон ва Туркия тадбиркорлари ўртасида ишонч ва дўстлик алоқалари юқори.

Milliy terma jamoamiz darvozaboni O‘tkir Yusupovning Eron klubidagi kelajagi nima bo‘ladi?

Бу ҳақда Uzbekistan Legionaries хабар берди.

Eron zarbalarini qaytarishda Isroilga yordam bergan Iordaniyada aroqdan zaharlanib 9 kishi o‘ldi

Бу ҳақда Жамоат хавфсизлиги бошқармаси маълум қилди.

Rossiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Бу ҳақда 2 июль куни "Россия Фанлар академиясининг ягона геофизика хизмати" Федерал тадқиқот марказининг Камчатка бўлими "Телеграм"даги каналида маълум қилди.

Chevrolet yangi Tracker 2026’ni taqdim etdi

Расмий ишлаб чиқариш ютули 2025 йил июл ойида бошланади, аммо ҳозирча фақат Бразилияда.

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

Бу ҳақда Отабек Умаров айтиб ўтди.

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

Abduqodir Husanov «Barsa»ga o‘tishi mumkin — Deku uni «kelajak himoyachisi» deb biladi

Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.

Rossiya sanksiyalar bilan tahdid qilmoqda: nishonda O‘zbekiston ham bor!

Кремль мазкур давлатларда рус тилининг мақомини пасайтирувчи қонунлар қабул қилинаётганидан норозилик билдирган

Qozog‘iston harbiy xizmatchilari Ozarbayjonda

Машқлар давомида дронларни бошқариш кўникмаларини машқ қилиш, тажриба алмашиш режалаштирилган.

Rossiya dronlari maxsus harbiy operasiya zonasida dushmanning $2 mlrdlik texnikasini yoqib yubordi – Putin

Уч йил давомида махсус ҳарбий операция эҳтиёжлари учун 54,5 млрд рубль халқ маблағлари йиғилди, деди Россия президенти.

Laos davlati ham Rossiyaga yordam uchun askar yubormoqchi

Лаослик аскарлар миналардан тозалаш ишларида иштирок этади

Putin Bokuga delegasiya yuboradi

Ҳозирда Москвада делегация тузилмоқда

Bugun lavozimidan ozod qilingan Rossiya transport vaziri Roman Starovoyt vafot etdi

Маълумотларга кўра, Роман Старовойт Москва яқинидаги Одинцово шаҳридаги шахсий уйида ўлик ҳолда топилган.

Isroilning G‘azoga havo hujumlari oqibatida 10 falastinlik halok bo‘ldi, ular orasida chaqaloq ham bor

Исроил армиясининг қамал остидаги Ғазо секторига қилган навбатдаги тонгги ҳаво ҳужумлари натижасида камида 10 фаластинлик ҳалок бўлди. Марҳумлар орасида бир чақалоқ ҳам бор. Яна кўплаб инсонлар жароҳат олди.

Qorasaroy ko‘chasida konteyner yonib ketdi

Айтилган манзилда ёнғин навбатчиликда турган ёнғин қутқарув экипажлари томонидан зудлик билан соат 11:32 да ўчирилди.

Rossiyaning Ukrainaga navbatdagi zarbalari kamida uch kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Украина расмийлари маълумотларига кўра, Одессада дрон зарбаси оқибатида янги қурилган бинодаги қўриқчи ҳалок бўлган

Isroil harbiylari Yamanga zarba berdi

Исроил мудофаа вазири Исраэл Кац ҳусийларга қарашли портлар ва электр станциясига ҳарбий-ҳаво кучлари томонидан ҳужум қилинганини тасдиқлади

Eronda Isroil razvedkasi bilan aloqador agent qo‘lga olindi

Бу ҳақда FARS агентлиги Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (IRGC) матбуот хизматининг маълумотига таяниб хабар берди.

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarning birinchi bosqichi samarasiz tugadi

Бу ҳақда Sky News Arabia телеканали "Report" хабарига таянган ҳолда маълум қилди.

Tailandda pushti temiratki kasalligi tarqalmoqda

Қайд этилишича, ушбу касаллик кўпинча болалар ва ёшларда кузатилади — бу танада «она» деб аталадиган катта доғнинг пайдо бўлиши билан бошланади

Masjid qurilishi bahonasida odamlardan pul olganlar ushlandi

Кўрилган чора-тадбирлар натижасида ушбу фуқароларнинг шахси аниқланган

Pokistonda ko‘p qavatli bino qulab tushdi, qurbonlar bor

Маҳаллий ОАВ хабарларига кўра, саккизга яқин фуқаро вайроналар остида қолган бўлиши мумкин.

Bo‘stonliqdagi adirlikda yong‘in 2 soatda qurshab olindi

Ёнғин ҳудуди кенгайишига йўл қўймаслик учун «Бурчмулла» ўрмон хўжалигидан ҳам ёнғин ўчириш ишларига ходимлар жалб қилинган.

Suriyaning Latakiya hududida kuchli o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda — OAV

Олов тез тарқалаётгани сабабли 20 дан ортиқ шаҳар ва қишлоқлар аҳолиси эвакуация қилинди.

Britaniyada COVIDning yangi shtammi Stratus tarqalmoqda

The Independent нашри ёзишича, Буюк Британияда COVID-19'нинг янги штамми — Stratus кенг тарқалмоқда.

Dron hujumlari tufayli Pulkovo va Sheremetevo aeroportlarida 200 dan ortiq reys kechiktirildi

Пулково аэропортида эса 100 дан ортиқ рейс кечиктирилган ва 30 дан ортиқ рейс бекор қилинган. Бунинг оқибатида аэропортларда йўловчилар тўпланиб қолган.

Toshkent viloyatida 7 yoshli bola o‘gay otasi va onasi tomonidan kaltaklandi

Ҳолат юзасидан боланинг онаси маъмурий жавобгарликка тортилган.

Agrobank Andijon filialida yirik kredit talon-tarojligi fosh etildi — sobiq rahbar 8,5 yilga qamaldi

Қизиғи шундаки, ушбу филиал раҳбари 2024 йилнинг ўзида 3 марта, 2025 йилда эса 1 марта жиноий жавобгарликка тортилган.

Rimdagi portlashda jarohatlanganlar soni 45 kishiga yetdi (video)

Бу ҳақда Rainews24 телеканали хабар берди.

Moskvada Transneft top-menejeri Andrey Badalov o‘lik holda topildi

Давлат нефть корпорацияси Бадаловнинг “тўсатдан ўлими”га бағишланган пресс-релизда унинг раҳбарлигида “қисқа вақт ичида кенг кўламли илм-фанни талаб қилувчи лойиҳалар амалга оширилганини” таъкидлади

Janubiy Koreyada jazirama oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Ҳукумат статистика юрита бошлаган 15 июндан буён иссиқ уришдан азият чекканлар сони 633 нафарга етди.

Isroil askarlari El-Xalilda halok bo‘lgan falastinlik bilan vidolashuv marosimini to‘xtatib qo‘ydi

Исроил армияси Ғарб соҳилидаги Эль-Халил шаҳрида жойлашган хонадонга рейд уюштириб, ҳалок бўлган фаластинлик билан видолашув маросимига халал берди. Марҳум аввалроқ Исроил қамоқхонасидан озод этилган ва кейинроқ Ғаза секторидаги Исроил бомбардимони оқибатида ҳалок бўлган эди.