Saudiya va AQSh munosabatlari keskinlashdi

Saudiya va AQSh munosabatlari keskinlashdi

Ar-Riyod Oq uy rahbari Jo Baydenning neft haqidagi so‘zlaridan so‘ng Vashingtonga munosabatlarni o‘zgartirishi bilan tahdid qildi.

The Washington Post gazetasining yozishicha, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ar-Riyod va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarni tubdan o‘zgartirishi hamda Amerika neft qazib olishning qisqarishiga qarshi chora ko‘rsa, unga katta iqtisodiy xarajatlar yuklashi bilan tahdid qilgan.

O‘tgan yilning kuzida AQSh prezidenti Saudiya Arabistoniga yuqori energiya narxlari va AQShda bo‘lajak saylovlar fonida neft qazib olishni qisqartirish qarori uchun «oqibatlar» bo‘lishini va’da qilgan edi. Bu tahdid to‘g‘ridan-to‘g‘ri Saudiya rasmiylariga yetkazilganmi yoki yo‘qmi aniqlik kiritilmagan. Biroq, bu so‘zlar AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi keskinlikni kuchaytiradi, deb yozadi gazeta.

Ma’lumot uchun, yaqinda OPEK mamlakatlari va neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvda ishtirok etuvchi boshqa neft qazib oluvchi davlatlar 2024 yil 1 yanvardan boshlab kvotani kuniga 1,6 million barrelga kamaytirishga kelishib oldilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!