Saudiya Arabistonida sutka davomida koronavirus yuqtirish holatlari aniqlanishi bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Bu haqda Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vazirligi Twitter akkauntida xabar qildi.
"Sutka davomida 3943ta koronavirus holati aniqlandi, jami kasallikka chalinganlar soni 186 436taga yetdi. Pandemiya boshlanganidan beri vafot etganlar 1599 nafarni tashkil etmoqda", - deyiladi xabarda.
Saudiya Arabistoni arab davlatlari orasida koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi.
Avvalroq qirollik koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bois xorijliklar uchun bu yilgi haj ziyoratini bekor qilgandi.
Saudiya Arabistoni Haj va Umra vaziri Muhammad Solihning ma’lum qilishicha, bu yilgi haj mavsumida 10 mingdan ortiq ziyoratchi qatnasha olishi mumkin.
«Haj-2020 mavsumida Makka va Madina shaharlari 10 mingdan ortiq ziyoratchini qabul qila oladi», degan vazir.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Сўнгги кунларда айрим оммавий ахборот воситалари ва ижтимоий тармоқларда 2026 йил 9 март куни Исроилнинг Йехуд шаҳрида қурилиш майдонида содир бўлган ракета ҳужуми оқибатида ҳалок бўлган шахс ҳақида хабарлар тарқалмоқда.