Saudiya Arabistonida Halo koinot sharining sinov parvozi o‘tkaziladi

Saudiya Arabistonida Halo koinot sharining sinov parvozi o‘tkaziladi

Ispaniyaning Hako Space kompaniyasi sayyohlar uchun stratosfera havo sharini ishlab chiquvchi navbatdagi sinov parvozini amalga oshiradi. Bu sentyabr oyida Saudiya Arabistoni Podshohligida bo‘lib o‘tadi.

Sinov parvozi Halo Space’ning 6-parvozi bo‘ladi va kompaniyaning Yer yuzasidan 30 km balandlikka ko‘tariladigan real o‘lchamdagi prototip kapsulasi Aurora’dan foydalanadi.

Parvozning asosiy maqsadi — so‘nggi 3 yil ichida ishlab chiqilgan barcha muhim tizimlarning integrasiyalashgan ishlashini tekshirish.

Saudiya Arabistonining Aloqa, kosmik va texnologiya komissiyasi yil boshidan beri Halo Space bilan hamkorlik qilib, sinov parvoziga tayyorgarlikni nazorat qilib kelmoqda.

Halo Space, shuningdek, Saudiya Arabistonida o‘zining asosiy operasion bazasi va yakuniy yig‘ish maydonchasini tashkil etishga qaror qildi.

Halo Space kelasi yilda boshqariluvchi parvozlarni, 2026 yilda esa tijorat reyslarini boshlashni rejalashtirmoqda. Bu reyslar yo‘lovchilarni 35 kmgacha balandlikka havo sharida ko‘tarilgan kapsulada 6 soat davomida Yerning dumaloqligini ko‘rsatish va fazoni tomosha qilish uchun uchiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!