Sardor Umurzakov: "To‘ra Bobolov, internetda chiqqan gaplarni montaj dedingiz. Lekin ekspertiza sizning ovozingizni tasdiqladi"

Sardor Umurzakov: "To‘ra Bobolov, internetda chiqqan gaplarni montaj dedingiz. Lekin ekspertiza sizning ovozingizni tasdiqladi"

Ayni paytda bo‘layotgan videoselektor yig‘ilishida Sardor Umurzakov Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolovni tanqid qildi.

«To‘ra Bobolov, siz o‘rnak bo‘lmayapsiz. Internetda chiqqan gaplarni montaj dedingiz. Lekin ekspertiza sizning ovozingizni tasdiqladi. Prezidentimiz topshirig‘i bilan sizga intizomiy jazo chorasi sifatida oylik ish haqining 40 foizi miqdorida jarima qo‘llandi.

Tegishli mutassaddilar Surxondaryo viloyatini kompleks o‘rgansin, muammolarga yechimi bilan taklif tayerlasin, kerak bo‘lsa aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan jinoiy ish ochishgacha bo‘lgan choralar ko‘rilsin», - dedi Administrasiya rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!