Sardor Rahimxon "Mehr-saxovat" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Sardor Rahimxon "Mehr-saxovat" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston estrada yulduzi Sardor Rahimxon "Mehr-saxovatʼʼ ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Bu haqda xonandaning "Facebook"dagi sahifasiga tayanib "korrespondent.uz" ma’lum qildi.

"Yurak amri" xayriya va saxovat loyihasi doirasida berilgan bu yuksak e’tirof uchun yurtimiz rahbariyati va shaxsan Yurtboshimizdan minnatdormiz. Aslida, hammasi xolis Alloh uchun ammo, yurtimiz rahbarining o‘zlari har bir fidoiyning mehnatini qadrlab, e’tibor ko‘rsatayotganlari biz uchun katta baxt. Bugungi taqdirlangan barcha, pandemiya sharoitida jonini garovga qo‘yib, go‘yoki jang maydonidagi fidoiy askarlardek shu diyor, shu xalq uchun matonatli xizmat qilgan barchani muborakbod etamiz”, deydi xonanda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!