Sardoba toshqinida qancha chorva mollari nobud bo‘lgan va topilgan?  

 Sardoba toshqinida qancha chorva mollari nobud bo‘lgan va topilgan?  

Kecha AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov Sardoba toshqini oqibatida talofat ko‘rgan hududlardagi chorva mollari haqida to‘xtalib, olib borilgan qidiruv ishlari natijasida 5 160 bosh tirik va 5 940 bosh nobud bo‘lgan katta va kichik shoxli uy hayvonlari topilganini ma’lum qildi. 

Tirik qolgan 5 154 bosh chorva mollari har bir tumanda belgilangan joylarga yig‘ilgan holda, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tanib olish dalolatnomasi va tilxatlar asosida o‘z egalariga qaytarildi.

Nobud bo‘lgan chorva mollari Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi xodimlari bilan hamkorlikda dezinfeksiya qilib ko‘milgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!