Saratonga qarshi dorilar yaratishning samarali yo‘li topildi

Saratonga qarshi dorilar yaratishning samarali yo‘li topildi

Rossiya va Misr olimlari o‘zaro hamkorlikda saraton kasalligiga qarshi dori vositalarini yaratish jarayonini osonlashtirish va tezlashtirish yo‘lini topdi.

🔬 Buning uchun ikki yondashuv — molekulyar modellashtirish hamda hujayralarni o‘stirish usullari umumlashtirildi.

💊 Chunki hozirgacha ma’lum usulda onkologik xastaliklarga qarshi samarali preparat yaratish uchun polimer nanozarrachalarini olishga qaratilgan optimal birikma va texnologiyani tanlash kerak.

🔎 Negaki, ushbu o‘ta mitti zarralar dorilarning saraton o‘simtasiga tezroq va yaxshiroq etib borishiga yordam beradi. Ammo bu usul uzoq vaqt talab etishidan tashqari, juda qimmatga tushadi.

❗️Shu ma’noda, ikki yondashuv kombinasiyasi dori vositalari xususiyatlari va ta’sirini eksperementdan avval taxmin qilish imkonini beradi. Shu tariqa optimal tarkib shakllantirilib, samarasiz deb baholangan birikmalar undan chiqarib tashlanadi. Bu esa kasallikni tezroq va arzonroq davolash imkonini beruvchi dorilarni yaratishga xizmat qiladi.

🧪 Tadqiqot chog‘ida yangi usul saratonga qarshi preparat — karboplatin va uning muqobillarida sinab ko‘rildi. Olimlar bu dorining yangi hosilalarini tahlil qilib, ularning biologik faolligini baholadi.

‼️Yakunda polimer nanozarralari tarkibidagi yangi hosilalar saraton kasalligini davolashda yuqori natija berishi ma’lum bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!