Sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etiladi

A A A
Sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 24 maydagi “Er qa’ridan foydalanish, sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi hamda atom energiyasidan foydalanish sohalarida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzurida Sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etiladi. Bu haqida O‘zbekiston milliy axborot agentligi — UzA xabar bermoqda.

Qo‘mita Konchilik sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Kon-geologik va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi negizida tuziladi. Inspeksiyaning o‘zi konchilik sanoati va geologiya nazorati inspeksiyasi etib qayta tashkil etilmoqda.

Qo‘mita yadro energiyasi va yadro texnologiyalari ob’ektlarida radiasiya va yadro xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat xavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi. Qo‘mitaga yoqilg‘i quyish shoxobchalari, neft va gazni birlamchi qayta ishlash, magistral quvurlar va gaz inshootlari xavfsizligini ta’minlash, donni saqlashda sanoat xavfsizligi nazorat qilish, istirohat bog‘lari faoliyatini nazorat qilish va boshqa funksiyalar berilgan.

Qo‘mita tarkibida yuridik shaxs tashkil etmagan holda davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan Radiasiya va yadro xavfsizligi departamenti tashkil etilmoqda. Shuningdek, davlat organi shaklidagi Radiasiya va yadro xavfsizligi bo‘yicha ilmiy-texnika markazi ham bo‘ladi.

Sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi talablariga rioya etmagan holda olib borilayotgan yoki baxtsiz hodisa va avariya sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlarni to‘xtatib turish, shuningdek, odamlar hayoti xavf ostida qolganda ularni ish joylaridan olib chiqish, o‘z vakolatlari doirasida qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzganlik uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslari va jismoniy shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.

Qo‘mitaning respublika hududlarida qurilayotgan va foydalanilayotgan atom energiyasidan foydalanish ob’ektlari holatining doimiy nazoratini ta’minlovchi xodimlarining joylashuvi bevosita mazkur ob’ektlarda amalga oshiriladi. Qo‘mita huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, byudjetdan tashqari sanoat xavfsizligi sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.

Jamg‘arma sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishdan qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda qo‘mitaga tushadigan, qo‘mita tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, ularning mansabdor shaxslari va jismoniy shaxslardan sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda undiriladigan jarimalar summasining 40 foizi miqdoridagi mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.

Shuningdek, Qo‘mitaga Energetika vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Atom energiyasi agentligi bilan birgalikda 2025 yil 1 sentyabrga qadar respublikada atom energetikasining rivojlanish darajasi va xalqaro normalardan kelib chiqib, departamentning shtat birliklari sonini oshirish to‘g‘risidagi asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.

2024 yil 1 dekabrga qadar xalqaro moliya institutlari va konsalting kompaniyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilgan holda Qo‘mita faoliyatini rivojlangan davlatlarning sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi, liftlar va istirohat bog‘lari attraksionlari xavfsizligini nazorat qilish sohasidagi ilg‘or tajribasi asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Zelenskiy Putinning G‘alaba bayrami munosabati bilan sulh e’lon qilish g‘oyasiga munosabat bildirdi

Украина лрезиденти Зеленский Владимир Путиннинг Ғалаба байрами муносабати билан сулҳ эълон қилиш ғоясига муносабат билдирди.

Serxio Aguero: «Abduqodir Husanov shu darajani 3-4 yil saqlab qolsa, dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanishi mumkin»

"Манчестер Сити" афсонаси ҳисобланган Серхио Агуэро «шаҳарликлар» ёш юлдузлари — Нико O’Райли ва Абдуқодир Ҳусановнинг ўйинларига юқори баҳо берди.

Mbappe jarohatini davolash o‘rniga aktrisa bilan hordiq chiqarmoqda. Klub fanatlari jiddiy norozilik bildirmoqda

«Реал Мадрид» мухлислари ҳужумчи Килиан Мбаппени мавсумнинг ҳал қилувчи палласида Италияда севгилиси билан ҳордиқ чиқараётгани учун кескин танқид қилишди.

Abduqodir Husanov "Olimpiya shaharchasi"dagi infratuzilma bilan tanishdi

Спорт вазирлиги, Миллий Олимпия ва Паралимпия қўмиталари раҳбарияти футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Англиянинг “Манчестер Сити” клуби ўйинчиси Абдуқодир Ҳусанов ҳамда отаси билан учрашиб, унинг яқин даврдаги режалари хусусида суҳбатлашди.

«Urushmoqchimisan?» Zelenskiyning Belarusga yo‘llagan tahdidi G‘arbni hayratda qoldirdi

X ижтимоий тармоғи фойдаланувчилари Владимир Зеленскийнинг чегаранинг Беларусь томонидаги гўёки «ғалати фаоллик» учун Минскка жавоб қайтариш билан таҳдид қилган баёнотини фаол муҳокама қилмоқдалар.

«Manchester Siti» markaziy himoyachisini arzon garovga sotib yuborishi mumkin

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Натан Аке фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин.

Gvardiolaning rejalari buzilib ketdi

АПЛ тақвимидаги ўзгаришлар «Манчестер Сити»нинг ғазабини қўзитиб юборди.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Endi V1 darajali sertifikat ham oliy o‘quv yurtlariga kirishda imtiyoz beradi

Олдин имтиёз фақат В2 ва ундан юқори даражалар учун берилар эди, энди қоидалар В1 даражасига ҳам кенгайтирилди: у чет тилидан 75% балл беради, В2 ва ундан юқори эса 100%.

Eron prezidenti va parlament spikeri Abbos Aroqchining iste’fosini talab qilmoqda

Масъуд Пезешкиён Ислом инқилоби корпуси қўриқчилари БААга берган зарбаларидан норозилигини билдирди.

Eron bir yildan kamroq vaqt ichida yadroviy qurolga ega bo‘ladi

Халқаро атом энергияси агентлигининг маълумотларига кўра, бу захиралар кейинги бойитишдан кейин 10 тагача ядровий бомба яратиш учун eтарли бўлиши мумкин.

AQSh sherik chaqirmoqda

АҚШ Президенти Дональд Трамп Эроннинг Жанубий Корея кемасига уюштирган ҳужумидан сўнг, Сеулни Ҳўрмуз бўғозини тўсиб қўйиш операциясига қўшилишга чақирди.

Toshkentda xotinini o‘ldirish uchun qotil yollagan erkak ushlandi

Бу ҳақда пойтахт Ички ишлар бош бошқармаси хабар берди.

Isroil Livan janubidagi hujumlarni davom ettirmoqda

NNA маълумотига кўра, Исроил ҳарбий самолётлари эрталабдан Кефре ва Жебшитга зарбалар берган.

BMT Xavfsizlik Kengashi BAAga hujumlar bo‘yicha yopiq majlis o‘tkazadi

Бу ҳақда Al Jazeera дипломатик манбага таяниб хабар берди.

Chegarada tunnellar orqali qonunbuzarlikka qarshi javobgarlik kuchaytiriladi

Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.

Samarqanddagi «zapravka»da yong‘in chiqdi

Ҳозирда ёнғиннинг келиб чиқиш сабаби ва етказилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Leningrad viloyatining Kirishi shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilindi

Ҳужум фонида Пулково аэропорти ишини чеклади, камида 17 та авиарейс кечиктирилди.

Xitoyning Xunan provinsiyasidagi pirotexnika zavodida portlash yuz berdi

​Хитой раиси Си Жинпин ҳодиса юзасидан зудлик билан текширув ўтказиш ва айбдорларни қаттиқ жавобгарликка тортиш бўйича кўрсатма берди.

Oq uy yaqinida yana bir otishma sodir bo‘ldi

Associated Press агентлигининг хабар беришича, Оқ уй вақтинча ёпиб қўйилган.

Qozog‘istondagi metallurgiya zavodida kuchli portlash yuz berdi

Дастлабки маълумотларга кўра, фавқулодда ҳолат оқибатида 2 киши ҳалок бўлган, 5 киши жароҳатланган.

Izmirda nimalarni tatib ko‘rish mumkin?

Бугунги кунда саёҳатда фақат манзил эмас, балки сафар давомида татиб кўриладиган таъмлар ҳам алоҳида аҳамият касб этмоқда. Сўнгги йилларда гастрономик саёҳат, яъни “foodie exploration” — глобал туризмга сезиларли таъсир кўрсатаётган муҳим йўналишга айланди. Замонавий сайёҳлар кўпинча саёҳатларини машҳур диққатга сазовор жойларни зиёрат қилиш билан бир қаторда, унутилмас гастрономик тажрибалар асосида режалаштирмоқда.

Ispaniyada 40 tonnagacha kokain musodara qilindi

Испания полицияси Атлантика океанида рекорд даражадаги — тахминан 40 тонна кокаинни мусодара қилди.

AQShda United Airlines samolyoti qo‘nish vaqtida yuk mashinasiga urilib ketdi

FAA ва NTSB маълумотларига кўра, Boeing 767-400 самолёти Венециядан 200 дан ортиқ йўловчи билан парвоз қилган.

Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari pora bilan ushlandi

Ҳозирда кадастр раҳбарига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Beshariqda 90 dan ortiq xonadonni suv bosdi

Бартараф этиш ишларига барча зарур куч ва воситалар жалб қилинган. Вазият тўлиқ назоратга олинган.

Navoiyda oltin va ma’danli toshlarni noqonuniy qazib olganlar ushlandi

Шу каби, фуқаро С.Х. ҳам “Зарафшон” МФЙ ҳудудидаги хонадонида қум ва тошдан олтин ажратиб олиш билан шуғулланиб келганлиги аниқланди

Avstriyada bolalar ozuqasiga kalamush zahrini qo‘shib qo‘ygan shaxs qo‘lga olindi

Тергов ҳаракатлари 38 кун давом этди ва унда Австрия, Чехия ҳамда Словакия ҳуқуқ-тартибот идоралари иштирок этди.

Toshkent metrosida yo‘lovchi poyezd yo‘liga tushib ketdi

Маълум қилинишича, ҳолат 2 май куни соат 21:35 атрофида “Ғафур Ғулом” бекатида содир бўлган.

Niderlandiyaning ikki malikasiga suiqasd uyushtirildi

Маликалардан бири Амалия ўтган йилларда ҳам таҳдидлар олган эди.

Livanda qurbonlar soni 2,6 mingdan oshdi — Sog‘liqni saqlash vazirligi

Ливан Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълум қилишича, март ойи бошидан бери Исроил ҳужумлари оқибатида 2 659 нафар тинч аҳоли ҳалок бўлган.

Toshkentda profilaktika inspektori 10 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

Терговга қадар текширув давомида аниқланишича, жорий йилнинг февраль ойида ички ишлар органлари томонидан МЧЖ билан боғлиқ фирибгарлик ҳолати бўйича жиноят иши қўзғатишни рад этиш тўғрисида қарор қабул қилинган

Boysunda kuchli sel kelishi natijasida yana neft aralash suyuqlik oqmoqda

Айни дамда ҳолат Сурхондарё вилояти Экология бош бошқармаси Экополиция ходимларидан иборат ишчи гуруҳ томонидан ва бошқа тегишли ташкилотлар билан бирга воқеа жойига чиққан ҳолда ўрганилмоқда.