Sankt-Peterburg yaqinidagi omborxonada kuchli yong‘in sodir bo‘ldi

Sankt-Peterburg yaqinidagi omborxonada kuchli yong‘in sodir bo‘ldi

Dushanba kuni o‘t o‘chiruvchilar Leningrad viloyatining Vsevolojsk tumanidagi omborxonada ro‘y bergan yirik yong‘inni bartaraf etdi, deb xabar bermoqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in Murino shahridagi angar tipidagi omborxonada boshlangan. Yonayotgan xonada yog‘och va bo‘yoq do‘koni joylashgan edi.

Yong‘in maydoni 1,5 ming kvadrat metrga yetdi. Tom qulab tushdi. Soat 21:35da o‘t o‘chiruvchilar yong‘in tarqalishini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lishdi.

Jabrlanganlar haqida ma’lumotlar hozircha kelib tushmagan, deya qo‘shimcha qildi departament.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi avvalroq yong‘in qo‘shni omborlarga tarqalib ketish xavfi borligini ta’kidlagandi. Ayni paytda yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘inni o‘chirishga 45 kishi va 11 ta texnika jalb qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!