Samarqandda yosh bolasini shafqatsiz kaltaklagan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda yosh bolasini shafqatsiz kaltaklagan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2022 yil 24 dekabr kuni Urgut tumani Vatak mahallasida yashovchi fuqaro G.O. Rossiya Federasiyasida ishlash maqsadida ketgan turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali muloqot qilish jarayonida, o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilikdan so‘ng, turmush o‘rtog‘iga jahl qilib, o‘zining voyaga yetmagan farzandini urib, holatni telefon apparatida videotasvirga olib, videoni turmush o‘rtog‘iga yuborib, voyaga yetmagan farzandlarini o‘ldirish bilan qo‘rqitgan.

Holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan G.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 110-moddasi 2-qismi va 112-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jabrlanuvchining ahvoli yaxshi bo‘lib, shifokorlar kuzatuvida.

Jinoyat ishi viloyat IIB nazoratiga olingan.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!