Samarqandda xalqaro avtovokzal barpo etiladi

Samarqandda xalqaro avtovokzal barpo etiladi

Samarqand viloyatidan o‘tuvchi M-39 avtomagistralidagi Cho‘pan-Ota massivida xalqaro avtovokzal barpo etiladi.

Ma’lum qilinishicha, qurilish 2023 yilda boshlanadi. Unda yengil va yuk avtomobillariga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, tibbiyot punkti va Duty free do‘koni ochiladi.

Shuningdek, avtovokzal shahar jamoat transporti, shaharlararo avtobuslarga xizmat ko‘rsatadi. U Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Afg‘onistondan xalqaro yo‘nalishlarni bog‘lashi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!