Samarqandda o‘simliklarni himoya qiluvchi kimyoviy vositalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Samarqandda o‘simliklarni himoya qiluvchi kimyoviy vositalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Samarqand viloyatidagi «Urgut» EIZ hududida «Shchelkovo Agroxim Uzbekistan» Rossiya-O‘zbekiston korxonasining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu yerda o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari ishlab chiqariladi, deb xabar qildi Rossiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Savdo vakolatxonasi.

Loyihaga 30 million dollardan ortiq sarmoya kiritildi.Korxona Markaziy Osiyodagi eng yirik korxona hisoblanadi. Bu yerda 100 ta zamonaviy ish o‘rni yaratildi.

Zavod yiliga 20 ming tonna kimyoviy moddalar ishlab chiqaradi. Mahsulotlar qo‘shni davlatlarga ham eksport qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!