Samarqandda qurilayotgan binoning beton plitalari qulab tushdi (foto)

Samarqandda qurilayotgan binoning beton plitalari qulab tushdi (foto)

10 iyul kuni soat taxminan 11:30 atrofida Samarqand shahar So‘g‘diyona masssivi Al-Buxoriy mahallasida qurilayotgan «Yoshlar mehnat guzari» binosining 3-qavatdagi beton plitalari qulab tushgan. 3-qavatdagi plitalarning qulashi natijasida ikkinchi va binoning pastki (erto‘la) qismidagi plitalar ham yorilib qulagan. Bu haqda «Daryo» muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Narpay ko‘chasida joylashgan 51-uyning oldida qurilayotgan 3 qavatli binoning plitasi qulash natijasida hech kimga zarar yetmagan. Mahalliy aholining ta’kidlashicha, bino 5 qavatga mo‘ljallangan. Yangi qurilayotgan binoning 5 ta beton plitasi qulab tushgan bo‘lib bitta plitada yoriqlar paydo bo‘lgan.

«Tong» uy-joy shirkati raisi Husniddin Jumayevning ta’kidlashicha, ushbu bino chiqindixona o‘rnida qurilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!