Samarqandda Damas ikki piyodani urib yubordi

Samarqandda Damas ikki piyodani urib yubordi

Samarqand viloyati Toyloq tumanida Damas ikki nafar piyodani urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 10 iyun kuni soat 18:10 lar atrofida Toyloq tumani hududidan o‘tuvchi 4K-529A avtomobil yo‘lining 2-kilometrida “Qo‘rg‘oncha—Qunduzak” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Damas rusumli avtomashina yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan ikki nafar piyodani urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Oqibatda ikki nafar piyoda va transport vositasi ichida bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi olgan tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. YTH oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Toyloq tumani IIB YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!