Samarqandda birinchi marta operasiya yordamida exinokokk olib tashlandi

Samarqandda birinchi marta operasiya yordamida exinokokk olib tashlandi

Samarqand viloyati Paxtachi tuman markaziy shifoxonasida birinchi marta 53 yoshli bemorning jigar, taloq, bachadon, qorin parda orti sohasi, qorin bo‘shlig‘ining barcha sohalaridan 21 ta exinokokk o‘simta jarrohlik operasiyasi yordamida olib tashlandi, deb xabar bermoqda Turon24.

Sakkiz soat davom etgan jarrohlik operasiyasini Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialining yetakchi jarrohlari Olimjon Xo‘jamov, Iskandar Shonazarov va Yo‘ldosh Kuliyevlar amalga oshirishdi.

“Bu judayam murakkab va qimmat jarrohlik operasiyasi bo‘lib, shu paytgacha faqatgina poytaxtda amalga oshirilar edi, – dedi Olimjon Xo‘jamov. – Bu orqali nafaqat 53 yoshli bemor uzoq masofaga bormasdan salomatligini tikladi, balki olis tumanda ham qiyin jarrohlik operasiyalarini o‘tkazish imkoni borligi isbotlandi”.

Tuman tibbiyot birlashmasining ma’lum qilishicha, odatda bunday operasiyalar uchun o‘rtacha 15-20 mln so‘m sarflanadi. Paxtachida o‘tkazilgan mazkur operasiya esa bepul amalga oshirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!