Samarqandda 2 ming dollarga “opiy” sotgan ayol qo‘lga olindi

Samarqandda 2 ming dollarga “opiy” sotgan ayol qo‘lga olindi

Giyohvand modda A.R.ning boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashinasining orqa o‘rindig‘i tagidan topilgan.

16 mart kuni Samarqand viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi tog‘li hududdagi tezkor bo‘linmalari va DXX chegara qo‘shinlari tomonidan fuqaro S.D. ismli ayol sof og‘irligi 460 gramm bo‘lgan opiy giyohvandlik moddasini fuqaro A.R.ga 2000 dollar evaziga sotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, Urgut tumani Quyi Algar MFYda yashovchi fuqaro S.D. viloyat IIB YHXB 1-YPX otryadi shtabi yonida joylashgan oshxona oldida, tanishi Xorazm viloyati Urganch shahrida yashovchi fuqaro A.R.ga giyohvandlik moddasini sotmoqchi bo‘lgan. Giyohvand modda A.R.ning boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashinasining orqa o‘rindig‘i tagidan topilgan.

Surishtiruv davomida fuqaro S.D. doimiy ravishda ko‘p miqdorda opiy giyohvandlik moddasining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelayotganligi to‘g‘risida ma’lumot olingan.

Ushbu holat bo‘yicha jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!