Samarqandda 2 kg dan ortiq giyohvandlik vositasini sotayotganlar qo‘lga olindi

Samarqandda 2 kg dan ortiq giyohvandlik vositasini sotayotganlar qo‘lga olindi

Joriy yilning 1 dekabr kuni DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va Samarqand viloyati IIB hamkorligida giyohvandlikka qarshi kurash yo‘nalishida faol tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, Paxtachi tumanida yashovchi, 1985 y.t. N.A. fuqaro mahalliy fuqaroga 600 gr. "Marixuana" giyohvandlik vositasini 50 mln. so‘m evaziga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Shuningdek, N.A.ning jinoiy sherigi – 1988 y.t. O.X.ning uyida 1 kg 800 gr. "Marixuana" giyohvandlik vositasini saqlab kelinayotgani aniqlandi va tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

O‘tkazilgan tadbir davomida, jami 2 kg 400 gr. “Marixuana” giyohvandlik vositasi noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, daslabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!