Samarqandda 16 yoshli bola mashinada 52 yoshli piyodani urib yubordi

Samarqandda 16 yoshli bola mashinada 52 yoshli piyodani urib yubordi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Samarqandda voyaga yetmagan bola mashinada shifokorni urib yuborgani haqida xabar tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2023 yil 16 may kuni soat 21:30 lar atrofida Samarqand shahar I. Xoldun ko‘chasida 2007 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan Samarqand shahrida yashovchi bola otasiga tegishli chet elda ishlab chiqarilgan transport vositasini tezlikni me’yoridan oshirib haydab, yo‘lning qatnov qismidan o‘tayotgan 1971 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida fuqaro tan jarohatlari olib Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga davolanish uchun yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!