Samarqand xalqaro aeroporti bir oyga yopiladi

Samarqand xalqaro aeroporti bir oyga yopiladi

Samarqand xalqaro aeroporti 2021 yil 20 oktyabrdan 20 noyabrgacha yangi aerodrom majmuasini ishga tushirishga tayyorgarlik ishlari munosabati bilan parvozlarni vaqtincha to‘xtatadi.

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, barcha reyslar respublikaning boshqa xalqaro aeroportlari — Navoiy, Buxoro, Qarshiga yo‘naltiriladi, u yerdan yo‘lovchilar uchun Samarqandga yerusti transferi tashkil etiladi.
Qayd etilishicha, ayni paytda uzunligi 3105 metr va kengligi 60 metr bo‘lgan yangi uchish-qo‘nish yo‘lagining qurilishi to‘liq yakunlangan.
Bir oy ichida yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi va perron bilan bog‘lash bo‘yicha ishlar olib borilishi kerak.
2022 yilda SHHT sammitiga tayyorgarlik doirasida Samarqandda yangi aerodrom majmuasi qurilishi davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!