Samarqand va Qo‘shko‘pir tumanlarida subsidiya mablag‘larini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi

Samarqand va Qo‘shko‘pir tumanlarida subsidiya mablag‘larini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E.t.” MCHJ rahbari F.N. va boshqalar “Yangijoy” MFY hududida oldindan mavjud bo‘lgan suv qudug‘ini yangidan qurganliklari, 30 ta xonadonning tomorqalarini suv bilan ta’minlab jami 177,1 mln so‘mlik qurilish ishlarini amalga oshirilganligi to‘g‘risida soxta dalolatnoma tuzishib, byudjetdan ajratilgan 118,8 mln so‘m subsidiya mablag‘ini o‘zining plastik kartasiga o‘tkazib olib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “X.YO.” va “G‘.YO.” ishlab chiqarish kooperativi rahbarlari tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi mas’ul shaxslari bilan til biriktirib, 21 nafar fuqaroni ish bilan ta’minlash uchun ajratilgan 105,1 mln so‘m subsidiya mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!