Samarqand va Farg‘onada yer maydonlari ajratib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Samarqand va Farg‘onada yer maydonlari ajratib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.S. va boshqalar Payariq tumanidagi “O`.B.” fermer xo‘jaligining 0,70 gektar yer maydonini issiqxona qurish uchun fuqaro S.I.ga ajratib, hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 4 500 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “I.F.” AJ buyum bozori nazoratchisi A.SH. va fuqaro S.S. tadbirkor X.I.ga ushbu buyum bozori hududidan savdo nuqtasi uchun yer maydoni ajratib, hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 25 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlanib, ushbu pullarni to‘liq qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!