Samarqand aeroportida qurol olib kirishga uringan shaxs ushlandi

Samarqand aeroportida qurol olib kirishga uringan shaxs ushlandi

Samarqand aeroportida pnevmatik qurolni olib kirishga uringan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Samarqand aeroporti”da “Sheremetevo-Samarqand” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan fuqaro R.H.ning xatti-harakati bojxonachilarda shubha uyg‘otgan.

Holislar ishtirokida R.H.ga tegishli bagaj sumka belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, qiymati 5 mln so‘mlik 1 dona kalibri 4,5 mm bo‘lgan pnevmatik to‘poncha, 4 dona siqilgan havo balonchasi va 89 dona o‘qni tegishli ruxsatnomalarsiz olib kirishga uringani aniqlangan.

“Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq, sudlanuvchi R.H.ga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida – 1 500 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, huquqbuzarlik ashyosi sifatida olingan 1 dona kalibri 4,5 mm bo‘lgan pnevmatik to‘poncha hamda ushbu to‘ponchaga tegishli 4 dona siqilgan havo balonchalari va 89 dona o‘qlari tegishli tartibda yo‘q qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!