Saloh — muxlislar talqiniga ko‘ra APLda mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi

Saloh — muxlislar talqiniga ko‘ra APLda mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh muxlislar tomonidan APLning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Ovoz berish Angliya professional futbolchilar uyushmasi (PFA) tomonidan o‘tkazildi.

Misrlik 28 yoshli vinger yakunlangan mavsumda APLda 37ta o‘yin o‘tkazib, 22ta gol urdi va 5ta golga assistentlik qildi.

Avvalroq «Manchester Siti» havbeki Kevin de Bryuyne futbolchilar tomonidan, uning jamoadoshi Ruben Diash jurnalistlar talqiniga ko‘ra Premyer-liganing eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!