Saida Mirziyoyeva Xalqaro ayollar Forumida Ivanka Tramp bilan uchrashdi (foto)

Saida Mirziyoyeva Xalqaro ayollar Forumida Ivanka Tramp bilan uchrashdi (foto)

16-17 fevral kunlari BAAning Dubay shahrida Butunjahon ayollar forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Forumning ochilishi oldidan O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash komissiyasi a’zosi, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva taassurotlari bilan bo‘lishdi.

“Dubayda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro ayollar Forumi ochilishi oldidan Jahon banki prezidenti Devid Malpass bilan suhbatlashib qoldik. U meni Ivanka Tramp bilan tanishtirdi.⠀

Tanishuv chog‘ida Ivankaning yonida turgan Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva suhbatga qo‘shildi va O‘zbekiston Prezidentiga hurmati baland ekanini izhor qildi.⠀

Dubay amiri Shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum Hazrati Oliylari va Manal bint Muhammad bin Rashid Al Maktum Zoti Oliyalariga taklif uchun minnatdorlik bildiraman” deydi Saida Mirziyoyeva.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!