Sadir Japarov O‘zbekiston bilan kelishuv haqida: "99 foiz yerlar bizga o‘tdi"

Sadir Japarov O‘zbekiston bilan kelishuv haqida: "99 foiz yerlar bizga o‘tdi"

Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekiston bilan yaqinda qizg‘in muhokama qilinayotgan Kempirobod suv ombori bo‘yicha kelishuv haqida gapirdi.

«Xudo xohlasa, yaqin kunlarda kelishuv imzolanib, ratifikasiya qilinib, parlament tomonidan ma’qullangach, xalq qaysi yerlar bizga o‘tganini bilib oladi.Xalqdan sabr bilan kutishlarini so‘rayman. Umuman olganda, bahsli hududlarning deyarli 99 foizi bizga o‘tdi. O‘zbekiston nazorati ostida bo‘lgan hududlarda endi 50/50 ulushga ega bo‘lgan korxona tashkil etilishi haqida kelishib oldik va u birgalikda boshqariladi.

Muzokaralar natijasida suv sathi 908-gorizontaldan 900-ga tushirildi. Natijada suv ombori qirg‘oqlari bo‘ylab 1246 gektar yer bo‘shatildi – o‘zimizga o‘tadi. Bu yerlardan mahalliy aholimiz doimo qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanadilar», dedi Japarov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!