Rustam Inoyatov qayerda?

A A A
Rustam Inoyatov qayerda?

Shu yilning 31 yanvarida O‘zbekistonning eng qudratli, ta’bir joiz bo‘lsa, respublikani ko‘rinmas boshqaruvchiligidan ketgan general-polkovnik Rustam Inoyatov taqdiri ko‘pchilik uchun qiziqarli. Xo‘sh, u aslida kim edi? Uning taqdiri istiqbollari qanday bo‘lishi mumkin?

Hayotda kimdir o‘zi uchun ishlaydi, kimdir tizim uchun ishlaydi, yana kimdir tizimni o‘zi uchun ishlatadi. Tashqi razvedka ofiseri, mutaxassisligi sharqshunos bo‘lgan Rustam Inoyatov 1995 yilda 51 yoshida O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisligi kursisiga kelganida mamlakatdagi vaziyat butunlay boshqacha edi. Qo‘shni Tojikiston va Afg‘onistonda urush borar, boshqa hamsoyalar ichida iqtisodiy-ijtimoiy ahvol tarang bo‘lib, O‘zbekiston ichida radikalizm kayfiyati o‘sib borayotgan edi.

Bu muammolarni yechishda Islom Karimov bilan birga yonma-yon yurgani holda Inoyatov yetakchining ishonchiga to‘liq kirib bordi. 1999 yildagi portlashlardan keyin pozisiyasi muttasil kuchayaverdi.

Ichki ishlar vaziri, mamlakatda o‘sha vaqtdagi “ikkinchi odam” deb qaralgan general Zokir Almatovni “Andijon-2005 yilda” shaxmat taxtasidagi o‘yindan chiqarib yuborilishi Inoyatovga O‘zbekiston elitasida mislsiz imkoniyatlar eshigini ochdi va “shef” taxallusini oldi. Shundan so‘ng 11 yil davomida o‘zbek siyosatida “soyadagi boshqaruvchi”ga aylandi. U iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy hayot, xullas davlat va jamiyatning barcha tarmoqlarini o‘ziga to‘la bo‘ysundirdi.

Prezident Devoni, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Milliy xavfsizlik kengashi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Markaziy bank, Soliq qo‘mitasi, Neft-gaz milliy xolding kompaniyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyalari, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, oltin ishlab chiqaruvchi gigantlardan ortib, viloyat hokimliklari, qo‘yingchi barcha ko‘zga ko‘ringan-ko‘rinmagan tashkilotgacha uning izmida edi.

Prezidentning xavfsizlik xizmati orqali (bu mustaqil tashkilot rahbari MXX raisining birinchi o‘rinbosari sanalar, garchi qog‘ozlarda bevosita Prezidentga bo‘ysunadi deyilsa, amalda aynan Inoyatov qaramog‘ida edi) Prezident Devonidagi oddiy xodimdan Davlat maslahatchilarigacha uning nazorati ostida edi.

Prezidentning Ishlar boshqaruvchisi, yozilmagan qoidaga ko‘ra Devon rahbari Zelimxon Haydarov bilan zimdan adovatda bo‘lib kelgani aytiladi. Ammo Haydarov prezident I.Karimovning saroydagi eng yaqin va uzoq yillik maslakdosh mulozimi bo‘lgani bois Prezidentning yuzidan o‘tib, unga ta’sir qila olmagan. Ammo oxirgi yillarda bir necha o‘rinbosarlarini yaqinda Bojxona qo‘mitasidan ishdan ketgan, lekin o‘sha paytda Prezidentning xavfsizlik xizmati rahbari bo‘lgan Muidjon Tohiriy orqali qamashga urungan edi.

Faqat Vazirlar Mahkamasini bosh vazir Shavkat Mirziyoyev mustaqil idora qilishga urunar, biroq xavfsizlikning qudrati oldida u ham tiyilishga, Inoyatov bilan munosabatlarni buzmaslikka majbur edi. Prezident yaqinda Oliy Majlisga murojaati chog‘ida “bu bosh ne-ne murakkabliklarga, sinovlarga guvoh bo‘lmadi, vaqti kelsa ularning hammasini birma-bir aytib beraman” deganida ayrim ekspertlar aynan Inoyatov bilan bo‘lgan ziddiyatli vaziyatni nazarda tutganini taxmin qilishadi.

Shu tariqa Prezident Devonidan tortib, eng quyidagi tuman hokimigacha xavfsizlik idorasiga so‘zsiz bo‘ysunar, uning oldida hisobdor edi.

Inoyatov davrida Milliy xavfsizlik xizmatining ayrim oyog‘i yerdan uzilgan vallomatlari hatto gapini ikki qilgani uchun, moshinasini quvib o‘tgani yoki qo‘ng‘irog‘iga javob qaytarmagani kabi arzimas sabablar tufayli ham har qanday amaldorlarni belini sindirishi bilan tanilgandi.

Har qanday “muhim axborot” faqat R.Inoyatov viza qo‘ygachgina Islom Karimovga kiritilar, bu ma’lumot esa istalgan odamning boshini yeb ketishi mumkin edi. Shunday ham bo‘ldi. Muttaham bo‘lmagan respublikaning birorta viloyat hokimi qolmadi. Mirziyeyov hukumat rahbari sifatida ularning yonini olib qilgan ayrim harakatlari esa MXX rahbari tomonidan kuchli bosimga uchradi. O‘zbekistondagi barcha katta-kichik darajadagi rahbarlar ustidan salbiy ma’lumotlar bazasi izchil shakllantirilib borildi.

Rustam Inoyatov uning mavjudligi Islom Karimovni hokimiyatni saqlab qolishning yagona ishonchli kafolati ekanligini rahnamoning qulog‘iga quyib keldi va bunga ishontira oldi. Shu sababli Bosh prokuror Rashid Qodirov boshchiligida prezidentning katta qizi Gulnora Karimovaga qarshi barcha dalillarni to‘plab, Otaga taqdim etganida Islom Karimov jigarbandining yonini olishi uchun hech qanday imkoniyat qolmagan edi.

Vaholanki, xavfsizlik xizmatining eng birinchi vazifasi Birinchi rahbarga va uning oilasiga qarshi “kompramat” yig‘ish emas, aksincha unga yo‘l qo‘yilmaslik choralarini barcha vositalar bilan ko‘rish ekanligini bilishmasmidi?! Katta qiziga sud hukmini ravo ko‘rgan Islom Karimovning ich-ichidan R.Inoyatovdan hafsalasi pir bo‘lgani, aniqrog‘i ranjigani aniq edi. Gap bu o‘rinda qizning xulqi, uning jinoyat sodir etgani yoki etmaganligi haqida emas, balki bir jamoada bo‘la turib Prezidentning farzandiga qarshi unga qarshi yillar davomida materiallar yig‘ib borilganida bo‘ldi.

Karimov bunday nohush voqealardan keyin sadoqatli shogirdi Shavkat Mirziyoyevni doimiy ravishda Oqsaroyga chaqirib, soatlab muzokaralar o‘tkazib borgani, uning uy-fikrlari bilan qiziqqani keng jamoatchilikdan ortiq yashiradigan sir emas. Shundan keyin bosh prokuror R.Qodirov janoblari o‘rnini tezlik bilan SH.Mirziyeyovga xayrixoh Ixtiyor Abdullayev egalladi.

R.Inoyatov sa’y-harakatlari bilan oxirgi yillarda xavfsizlik tuzilmasi shtati va vakolatlari shu qadar kengayib va boshqarilmaydigan idoraga aylanib qoldiki, hatto raisning o‘rinbosarlari bir-biri bilan yovlashdi, tuzilma ich-ichidan guruhlarga bo‘linib ketdi. Razvedka, kontrazvedka, terrorizm bilan kurashish bosh vazifasi bo‘lgan obro‘li tashkilotning nufuzi pasayib bordi.

Shavkat Mirziyeyov hokimiyatga kelgach, dastlabki yilda arqonni juda uzun tashlab qo‘ydi. Pozisiyasini mustahkamlab olgunicha qadar o‘ta vazminlik bilan xavfsizlik xizmati rahbari va idora haqida lol-lim demadi. Vaqti yetilgacha bir hamla bilan barchasiga yakun yasadi. “Inoyatovning oltin davri” tugadi, bunga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Endilikda esa tuzilmada ro‘y berayotgan islohotlardan va yangi rahbariyatga qo‘yilgan vazifalardan barchaning esa xabari bor.

Prezident Shavkat Mirziyeyov Inoyatovni mansabidan olib, Davlat maslahatchisidek mo‘’tabar lavozimni berishi va Senatning a’zosi sifatida daxlsizlik huquqini taqdim etishi vaqtinchalik tusga ega bo‘lishi ham mumkin. Avvalo yetakchining jamoasi g‘ayratli va shijoatli yoshlar bilan to‘lgan. Ular orasida Inoyatovga uzoq muddatga joy topilarmikan? Boz ustiga, ko‘plab prezident qaror va farmonlari ijrosi o‘zi mutasaddi bo‘lgan Inoyatovga topshirilmay, uning o‘rinbosarlariga yuklatilayotganida ham qandaydir ramziy ma’no borday tuyuladi.

Amaldagi rahbar 13 yillik bosh vazirligi davomida Karimov atrofida yurib, unga haqiqiy sadoqat kamarini bog‘lagan kimu, kim uning ishonchidan o‘zining hokimiyatini mustahkamlash va foyda topish uchun foydalanganini to‘qqiz pulday yaxshi biladi.

Hozir Rustam Inoyatov amalda har tomondan “shatakka” olingan va “ortiqcha” harakat qilishi qanday oqibatlarga olib kelishini yaxshi tushunadi. Bosh prokuratura eng yaqin shogirdi Rashid Qodirovni, Toshkent shahri prokurorining sobiq o‘rinbosari Miraglam Mirzayevni, MXXning bir necha yuqori martabali sobiq mulozimlarini tergov qilmoqda. Ular safi dastlabki ko‘rsatmalardan keyin kengayib bormoqda.

Rustam Inoyatov Davlat maslahatchisi sifatida, allaqachon Mirziyoyevga shaxsan bo‘ysuntirilgan Prezidentning xavfsizlik xizmati tomonidan, shu bilan birga azaliy siyosiy raqibi, Devonning ishlar boshqaruvchi Zelimxon Haydarovning qat’iy nazoratida bo‘lib turibdi.

“Apparat”dan tashqarida esa ichki ishlar vazirligi, davlat xavfsizlik xizmati, milliy gvardiya, chegaralarda bojxona xizmati va chegara qo‘shinlari kuchlari umumiy “kontroli”da qoladi. Barcha qo‘shni davlatlar va qudratli jahon mamlakatlari bilan Mirziyoyevning munosabatlari yaxshi ekanligi va ularning bu aloqalarni yomonlashtirmaslikka harakat qilishi hisobga olinsa, hech bir davlat unga boshpana berishga ham rozi bo‘lmaydi. Shu sababli chetga chiqib ketish varianti nolga teng.

R.Inoyatovni jamoatchilik so‘nggi bora Oliy Majlis Senatining yalpi yig‘ilishida ko‘rishgan. Hozirda Prezidentning Siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi sanalgan Rustam Inoyatovning ishga chiqayotganini esa hech kim tasdiqlamayapti. Boz ustiga bu xizmat kutilmaganda qayta isloh qilinib, butunlay yangi nom olmoqda va faoliyati ham o‘zgarmoqda. Hozirda ushbu vazifasi ham norasmiy tarzda Prezidentning huquq bo‘yicha eng yaqin odami, Bosh prokuror Otabek Murodov bajarib kelinayotgani taxmin qilinayapti. Shu ma’noda daxlsizlik huquqi umrbod kafolatmagan.

Nima bo‘lganda ham oxirgi so‘zni Shavkat Mirziyeyovning o‘zi aytadi. Konstitusiyaviy vakolatlaridan foydalanib, Inoyatovni kechirishi yoki kechirmasligi mumkin. Ammo Davlat Rahbarining xalqparvarligi va adolat uchun shaxti-shiddatidan kelib chiqilsa, u xalqning manfaatlarini alohida shaxslarning manfaatidan ustun quyishi aniq.

Hozirda MXXning “shonli xizmatlari” tufayli qamalgan qancha-qancha begunoh odamlarning ozod qilish jarayonlari ketayotgani esa qachondir bu ishlar tepasida turgan “kimdir” javob berishinidan darak beradi.

Ammo Davlat rahbarining kechirimlilik va bag‘rikenglik fazilatlari inobatga olinsa, barcha gap-so‘zlarni bir chetga surib, yoshi ulug‘ligi va salomatligi tufayli, uzoq yillar birgalikda ishlagani tufayli R.Inoyatovni pensiyaga yuborishi, Senat a’zosi sifatida daxlsizlik huquqini saqlab qoldirishi ham mumkin. Chunki hozirgacha Mirziyeyov bilan uzoq yil birga faoliyat olib borgan birorta rahbarning burnini qonatgani faktiga guvoh bo‘lmadik. Bu ichki madaniyati, insoniylik xislatlari, odamni qadri tushunchalari bilan bog‘liqdir.

Lekin yetakchining boshqa qirralari ham xalqqa juda manzur. U mamlakatdagi eng qudratli shaxsiga aylangan va mislsiz ta’sirli R.Inoyatovni lavozimidan chetlatish orqali O‘zbekistonda yagona, xalq saylagan  boshliq kim ekanligini ro‘y-rost isbotlab berdi.

Qudrat markazini MXXdek harbiy tuzilmadan olib, fuqarolik tashkilotlari bo‘lgan – Prezident Devoniga va qisman Vazirlar Mahkamasiga ko‘chirdi.

Qo‘shhokimiyatga asoslangan davlat idora shaklini inkor qilib, boshqaruv tizimlari o‘rtasidagi manfaatlar muvozanatini ta’minlashga qodirligini namoyon qildi.

Demokratik va ochiq jamiyat qurishga qarshi kuchlar bilan o‘ta murosasizligini, eng asosiysi amaldorlarning haddidan oshib ketishi oqibatlari qanday yakunlanishini ko‘rsatib berdi.

Bu orqali prezidentlikning ikkinchi yilida aholi orasida reytingini keskin oshirib, xalqaro jamoatchilikni lol qoldirishda davom etmoqda.

Said Ibragimov

Manba: tafsilot.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

Qirg‘izistonda favqulodda holat e’lon qilindi

Офат оқибатларини бартараф этишга жами 76 киши ва 12 техника жалб этилган.

"Manchester Siti" rahbariyati: Bu ikki himoyachi klubda qoladi

"Манчестер Сити" раҳбарияти жамоада икки ҳимоячини олиб қолиш ниятида.

Kecha O‘zbekistonda eng issiq harorat rekordi yangilandi!

Бу хақда Ўзгидромет хабар бермоқда.

Eldor Shomurodovning yangi jamoasi ma’lum. U Italiyadan ketmoqda

"Рома" ҳужумчиси Элдор Шомуродов Италиянинг "Кремонезе" клубига ўтиши ҳақида хабар тарқалганди.

Lamin Yamal: "Butun dunyo tayyorlansin"

«Барселона» ҳужумчиси Ламин Ямал футболдаги келажаги ҳақида гапирди. Испаниялик футболчи 5 йил ичида бутун дунёни тайёрланишга чақирди.

Jahongir Ortiqxo‘jayev Antalyada 550 mln dollarlik loyiha boshlagani ma’lum qilinmoqda

Ўзбек тадбиркори Жаҳонгир Ортиқхўжаев Туркияда 550 млн долларлик йирик инвестиция лойиҳасини амалга оширмоқда. Бу лойиҳа икки давлат ўртасидаги иқтисодий ва маданий алоқаларни янада мустаҳкамлашга хизмат қилмоқда. Ортиқхўжаевнинг фикрича, Ўзбекистон ва Туркия тадбиркорлари ўртасида ишонч ва дўстлик алоқалари юқори.

Milliy terma jamoamiz darvozaboni O‘tkir Yusupovning Eron klubidagi kelajagi nima bo‘ladi?

Бу ҳақда Uzbekistan Legionaries хабар берди.

Eron zarbalarini qaytarishda Isroilga yordam bergan Iordaniyada aroqdan zaharlanib 9 kishi o‘ldi

Бу ҳақда Жамоат хавфсизлиги бошқармаси маълум қилди.

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

Бу ҳақда Отабек Умаров айтиб ўтди.

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

Abduqodir Husanov «Barsa»ga o‘tishi mumkin — Deku uni «kelajak himoyachisi» deb biladi

Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Svetoforning qizil chirog‘iga qaramasdan yurgan opaning turmush o‘rtog‘i ishdan ketdi (video)

Бу ҳақда Йўл ҳаракати хавфсизлиги хизмати матбуот котиби Зойир Йўлдошев маълум қилди.

O‘zbekistonga borganda rus tilisiz muloqot qilib bo‘lmaydi – Sadir Japarov

У рус тили дунёдаги энг муҳим тиллардан бири эканини айтди ва Европа, Америка, Хитойда ҳам рус тили керак бўладиган вазиятлар учрашини таъкидлади.

Misr ehromlarini qullar qurmaganmi?

Ҳавас ушбу фактлар қурилишда қул меҳнатидан фойдаланилмаганини тасдиқлаган.

G‘arb Azov haqidagi noqulay haqiqatni tan oldi

Бу ҳақда Junge Welt нашри ёзмоқда.

Tramp Putinga istagancha harakat qilish uchun signal bermoqda

Британияликлар фикрича, Трампнинг ҳаракатлари Путинда “жазоланишдан ҳоли” деган туйғуни пайдо қилиши мумкин

Ёнғин ҳудуди кенгайишига йўл қўймаслик учун «Бурчмулла» ўрмон хўжалигидан ҳам ёнғин ўчириш ишларига ходимлар жалб қилинган.

Маҳаллий ОАВ хабарларига кўра, саккизга яқин фуқаро вайроналар остида қолган бўлиши мумкин.

Suriyaning Latakiya hududida kuchli o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda — OAV

Олов тез тарқалаётгани сабабли 20 дан ортиқ шаҳар ва қишлоқлар аҳолиси эвакуация қилинди.

Britaniyada COVIDning yangi shtammi Stratus tarqalmoqda

The Independent нашри ёзишича, Буюк Британияда COVID-19'нинг янги штамми — Stratus кенг тарқалмоқда.

Dron hujumlari tufayli Pulkovo va Sheremetevo aeroportlarida 200 dan ortiq reys kechiktirildi

Пулково аэропортида эса 100 дан ортиқ рейс кечиктирилган ва 30 дан ортиқ рейс бекор қилинган. Бунинг оқибатида аэропортларда йўловчилар тўпланиб қолган.

Toshkent viloyatida 7 yoshli bola o‘gay otasi va onasi tomonidan kaltaklandi

Ҳолат юзасидан боланинг онаси маъмурий жавобгарликка тортилган.

Agrobank Andijon filialida yirik kredit talon-tarojligi fosh etildi — sobiq rahbar 8,5 yilga qamaldi

Қизиғи шундаки, ушбу филиал раҳбари 2024 йилнинг ўзида 3 марта, 2025 йилда эса 1 марта жиноий жавобгарликка тортилган.

Rimdagi portlashda jarohatlanganlar soni 45 kishiga yetdi (video)

Бу ҳақда Rainews24 телеканали хабар берди.

Moskvada Transneft top-menejeri Andrey Badalov o‘lik holda topildi

Давлат нефть корпорацияси Бадаловнинг “тўсатдан ўлими”га бағишланган пресс-релизда унинг раҳбарлигида “қисқа вақт ичида кенг кўламли илм-фанни талаб қилувчи лойиҳалар амалга оширилганини” таъкидлади

Janubiy Koreyada jazirama oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Ҳукумат статистика юрита бошлаган 15 июндан буён иссиқ уришдан азият чекканлар сони 633 нафарга етди.

Isroil askarlari El-Xalilda halok bo‘lgan falastinlik bilan vidolashuv marosimini to‘xtatib qo‘ydi

Исроил армияси Ғарб соҳилидаги Эль-Халил шаҳрида жойлашган хонадонга рейд уюштириб, ҳалок бўлган фаластинлик билан видолашув маросимига халал берди. Марҳум аввалроқ Исроил қамоқхонасидан озод этилган ва кейинроқ Ғаза секторидаги Исроил бомбардимони оқибатида ҳалок бўлган эди.

Toshkent viloyatida xotinini kaltaklab o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi

Тошкент вилоятининг Оққурғон туманида турмуш ўртоғининг ўлимига сабаб бўлган эркак суд ҳукми билан узоқ муддатга қамалди.

Shavkat Mirziyoyev Isroil — Falastin ziddiyati haqida gapirdi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 4 июль куни Хонкенди шаҳрида Иқтисодий ҳамкорлик ташкилотининг 17-саммитида иштирок этди.

Surxondaryoda keksa ayol o‘z uyida o‘ldirib ketildi

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 97-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, уни фош этиш чоралари кўрилмоқда.

Chexiyada o‘q-dorilar saqlanadigan joy issiqdan portlab ketdi

Ёнғинни ўчириш учун самолётлардан фойдаланган ҳолда 12 та ўт ўчириш бўлими сафарбар этилган.

Rossiya harbiy-dengiz floti bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Kurskda halok bo‘ldi

Вазирликка алоқадор “Звезда” телеканалида берилган хабарда айтилишича, Гудков 2 июл куни Курск областининг чегара ҳудудларидан бирида жанговар вазифаларни бажариш чоғида ҳалок бўлган.

Ikki o‘zbekistonlik AQShga noqonuniy muhojirlarni olib kirishda ayblanyapti

Икки Ўзбекистон фуқароси молиявий даромад олиш мақсадида АҚШга ноқонуний муҳожирларни олиб киришда айбланмоқда.

BMT maxsus ma’ruzachici: Isroil zamonaviy tarixdagi eng shafqatsiz genosidlardan birining mas’ulidir

Бу ҳақда БМТнинг оккупация қилинган фаластин ҳудудларида инсон ҳуқуқлари ҳолати бўйича махсус маърузачиcи Франческа Альбанезе билдирди.

Moskva markazida ichida FSB xodimlari bo‘lgan mashina portlab ketdi

Маълумотларга кўра, аёл фавқулодда хизмат ходимлари етиб келгунга қадар олов эгаллаб олган машина ичида отасини чиқариб олишга муваффақ бўлган.

"Qamchiq" dovonida yuk mashinasi yong‘in chiqdi

Ҳозирда ёнғин сабаби ва моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

"Қамчиқ" довонида юк машинаси ёнғин чиқди

Ҳозирда ёнғин сабаби ва моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Японияда бир ярим ҳафта ичида деярли 900 та зилзила содир бўлди

Ҳудуд қарийб икки ҳафтадан бери кучли силкинишлардан азият чекмоқда.

Инсон ҳуқуқлари ҳимоячилари яна бонг урди

Исроил Ғазо сектори аҳолиси, хусусан, болаларни атайин оч қолдирмоқда, яъни очликдан қурол сифатида фойдаланмоқда. Defence for Children International ва Doctors Against Genocide ташкилотлари томонидан эълон қилинган “Бутун авлодларнинг оч қолдирилиши” ҳисоботида шундай хулоса илгари сурилган.

Аввал ўзи ҳибсга олинди, энди компанияси мусодара қилинмоқда...

Арманистон суди уни “ҳокимиятни эгаллаб олишга чақиришда” айблаб ДХХ қамоқхонасига жойлаштирди. Шу вақтнинг ўзида унга тегишли бўлган "Арманистон электр тармоқлари" (АЭТ) компаниясини миллийлаштириш бошланди.

Туркияда эркак кана туфайли ўрмонга ўт қўйди

Туркияда кана туфайли 12 гектар ўрмонга ўт қўйган эркак ҳибсга олинди.

Сурхондарёда йирик ҳажмли қувур ёрилиб кетди

Дарҳол 3 та насос агрегати фаолияти тўхтатилган ва таҳлил бригадаси тезкор тадбирлар кўрган.

“Sputnik Озарбойжон” бош муҳаррири ва унинг ўринбосари тўрт ойга ҳибсга олинди

Маълумотларга кўра, Картавих ва Белоусовдан ташқари яна беш киши жиноий жавобгарликка тортилган, лекин уларнинг исми ошкор этилмаган.

Ҳиндистонда фармацевтика заводи портлади

Фавқулодда вазият вақтида заводда жами 150 киши бўлган.

Трампнинг "Катта ва гўзал" қонуни қабул қилинди. Маск ютқазди. Энди нима бўлади?

Бу ҳақда CNN телеканали хабар берди.

Зеленский Россия билан можарода Озарбайжон президентини қўллаб-қувватлади

Сиёсатчи бу хабарни ўзининг Telegram-каналида эълон қилди.

Мексикада крематорийдан 383 та жасад топилди

Бу ҳақда Чиуауа штати прокуратураси маълум қилди.

Кескинлик ортди: Маск Трампни қўллаб-қувватлаётганларга таҳдид қилди

У агар вазият у хоҳлаганидек бўлмаса, янги партия тузишини ҳам айтиб ўтди.

Исроил ОАВ: АҚШ Ғазода ўт очишни тўхтатиш учун Тел Авивга босим ўтказиши мумкин

Исроил оммавий ахборот воситаларининг хабар беришича, АҚШ расмийлари Ғазо секторида отишмаларни тўхтатиш ва асирларни алмашиш бўйича келишувга эришиш мақсадида Исроилга босим ўтказишга тайёрланмоқда.

Тескари таъсир: АҚШ ва Исроилнинг ҳужуми Эронни ядро қуроли яратишга мажбур қилиши мумкин

Бу ҳақда "The Wall Street Journal" газетаси ёзмоқда.

Дональд Трамп 14 миллиондан ортиқ инсоннинг ўлимига сабаб бўлиши мумкин

Тадқиқотга кўра, муддатидан олдин ўлиш хавфи бўлганларнинг учдан бир қисми болалардир.

Индонезияда Қозоғистон фуқаролари ўлим жазосига ҳукм қилинди

Индонезияда наркотик контрабандасида гумонланган икки Қозоғистон фуқароси ҳибсда сақланмоқда.

Ҳиндистондаги кимёвий завод портлаши оқибатида ҳалок бўлганлар сони 34 кишига етди

Бу ҳақда ANI НИ агентлиги полицияга таяниб хабар бермоқда.

Исроил уруш бошланганидан бери Ғазодаги 256 та эвакуация марказини нишонга олди

Бу ҳақда Ғазо секторидаги ҳукуматнинг медиа-офиси расмий баёнот берди.

Ғазо секторида ҳалок бўлган фаластинликлар сони 56 531 нафарга етди

Бу ҳақда Ғазодаги Фаластин соғлиқни сақлаш вазирлиги ўзининг сўнгги баёнотида маълум қилди.

Германияда украиналик аёл ва унинг чақалоғини ўлдирган 16 ёшли йигит ҳибсга олинди

Германиянинг Эссен шаҳри прокуратураси хабарига кўра, 16 ёшли украиналик йигит ҳамюрти — 32 ёшли аёл ва унинг бир ярим ёшли қизини ўлдирганини тан олди ва ҳибсга олинди.