Ruslar Rossiyani tark etmoqdami?

Ruslar Rossiyani tark etmoqdami?

Xabarlarlarga ko‘ra, rossiyaliklar tomonidan Istambul, Yerevan, Tbilisi yo‘nalishlari bo‘yicha barcha aviachiptalar xarid qilib bo‘lingan.

Shuningdek, rossiyaliklar Toshkentga uchadigan barcha reyslar biletlarini sotib olishgani haqida ham xabar tarqalmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda bugunga va ertangi kunga Moskvadan Toshkentga biletlar qolmagani haqida yozishmoqda.

“Insayder UA” Telegram-kanalining ma’lumotiga ko‘ra, safarbarlik e’lon qilinganidan keyin bir necha daqiqalar ichida Moskvadan Istanbulga, Tbilisiga va Yerevanga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar uchun chiptalar to‘liq sotilib ketgan.

“Rossiya Federasiyasida safarbarlikka tayyorgarlik ko‘rish va safarbarlik to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, harbiy hisobda turgan fuqarolar yashash joyidan harbiy komissariatlar ruxsatisiz chiqib ketishi taqiqlanadi. Shuningdek birinchi, ikkinchi va uchinchi navbatda urushga tortiladigan harbiylar haqidagi ma’lumotlar tarqaldi.

Ruslar Rossiyani tark etmoqdami?

Eslatib o‘tamiz, bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda harbiy safarbarlikni e’lon qildi, uning ortidan Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham o‘z murojaatini yo‘lladi.

Xabarlarga ko‘ra, rossiyaliklar ertalab e’lon qilingan qisman safarbarlikka qarshi norozilik namoyishini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, qisman safarbarlik chog‘ida Rossiya safarbarlik resursining taxminan 1 foizi – 300 ming zaxiradagi askar chaqiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!