Rus harbiylari O‘rtoq Kim huzurida bo‘ldi

Rus harbiylari O‘rtoq Kim huzurida bo‘ldi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksey Krivoruchko boshchiligidagi Rossiya delegasiyasi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Shimoliy Koreya rasmiy OAVlari.

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, uchrashuv Shimoliy Koreya Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi binosida bo‘lib o‘tgan. Rossiya tomoni bu tashrif haqida hozircha hech narsa ma’lum qilgani yo‘q.

«Koreya Ovozi» mahalliy davlat radiostansiyasining xabar berishicha, uchrashuv Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan. Delegasiya rahbari Kim Chen Inni «aziz o‘rtoq» deb atagan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning «iliq salomi»ni yetkazgan. U «chuqur minnatdorchilik» bilan javob bergan. Tomonlar, shuningdek, «o‘zaro xavfsizlikni himoya qilish uchun ikki davlat o‘rtasida harbiy sohadagi hamkorlikning ahamiyati va zarurligini» tasdiqlagan.

Kim Chen Inning aytishicha, Rossiya armiyasi va xalqi «mamlakat suveren huquqlari va xavfsizligini himoya qilish maqsadida adolat uchun salib yurishini» olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!