Rostovda olti nafar sudlanuvchi tergov izolyatoridagi kameradagi panjarani buzib, izolyatorning ikki nafar xodimini garovga oldi

Rostovda olti nafar sudlanuvchi tergov izolyatoridagi kameradagi panjarani buzib, izolyatorning ikki nafar xodimini garovga oldi

Rostovda olti nafar sudlanuvchi tergov izolyatoridagi kameradagi panjarani buzib, izolyatorning ikki nafar xodimini garovga oldi. Bu haqda Rossiya OAV xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchilar orasida terrorchilik aybi bilan sudlangan bir necha kishi bor. Jinoyatchilar o‘zlarining ISHIDga aloqador ekanliklarini e’lon qilishgan. Hozirda ular bilan muzokaralar olib borilmoqda. Tezkor bo‘lim boshlig‘i va tergov izolyatori navbatchilik xizmati kichik inspektori garovda saqlanmoqda.

Rostov viloyatidagi 1-sonli tergov izolyatorida asirlarning garovga olinishi munosabati bilan Rossiya Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaning barcha xodimlari shay holatga keltirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!