Rostov dronlar hujumi ostida qoldi

Rostov dronlar hujumi ostida qoldi

3 avgust, shanbaga o‘tar kechasi Rostov viloyatiga uchuvchisiz uchish apparatlari hujum qildi. Kamenskiy va Morozovsk tumanlaridagi omborlarga zarar yetdi, dedi viloyat gubernatori Vasiliy Golubev. Muassasalarda yong‘in sodir bo‘lgan va favqulodda xizmatlar unga qarshi kurashmoqda, deya qo‘shimcha qildi rasmiy.

Ikki soatdan keyin Golubev qurbonlar va jabrlanganlar yo‘qligiga ishontirib, hujumda Ukrainani aybladi. Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, mintaqa uzra 55 ta dron qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!