Rossiyalik yollanma jangchilar Belarusda nima qilib yuribdi?

Rossiyalik yollanma jangchilar Belarusda nima qilib yuribdi?

29 iyul kuni Aleksandr Lukashenko Xavfsizlik Kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazgan. Bunga esa Minsk yaqinida Rossiyaning «Vagner» xususiy kompaniyasi jangchilarining qo‘lga tushgani sabab bo‘lgan. Bu haqda "azon.uz" xabar berdi.

BelTA agentligi xabariga ko‘ra, 29 iyulga o‘tar kechasi poytaxt Minsk yaqinida 32 nafar xorijlik yollanma jangchilar qo‘lga olindi, yana bir nafari Belorussiya janubida ushlangan. Ular «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining jangchilari ekani aytildi. Bu jangchilar Belorussiyadagi prezident saylovi paytida vaziyatni beqarorlashtirish maqsadida yuborilgani taxmin qilinmoqda. 

Prezident Lukashenko Davlat xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Valeriy Vakulchikka Rossiyaning tegishli tuzilmalari bilan bog‘lanib, vaziyatga oydinlik kiritishga ko‘rsatma berdi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!