Rossiyalik olimlar yaralarni bog‘lash uchun sun’iy teri yaratdi

Rossiyalik olimlar yaralarni bog‘lash uchun sun’iy teri yaratdi

Pushchino olimlari yaralar va jarohatlarni bog‘lash uchun sun’iy teri yaratdilar. «Noyob mato» og‘riqli joyni mexanik shikastlanish va zararli infeksiyalardan to‘liq himoya qiladi. Sun’iy teri havo va suv bug‘larining o‘tishiga imkon beradi, shuning uchun yara juda nam yo‘li o‘ta quruq holatga kelib qolmaydi.

Sun’iy teri qo‘llanilgandan so‘ng, uning hujayralari yaraga o‘tishni boshlaydi. Ular teri hujayralari bilan aralashib, kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Keyin shifokorlar doimiy ravishda yarani bog‘lashlari shart emas. Bemor mustaqil ravishda ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri lateks plyonkasiga surib, malhamlardan foydalanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!