Rossiyalik olimlar suv o‘tlari va chiqindilardan bioneft ishlab chiqishdi

Rossiyalik olimlar suv o‘tlari va chiqindilardan bioneft ishlab chiqishdi

Moddani suv o‘tlari va biologik chiqindilardan ajratib olish taklif qilinmoqda va texnologiya tabiiy muhitda sodir bo‘ladigan jarayonga asoslangan.

Bioneftni olish uchun yirik suv o‘tlari, ko‘p miqdorda loy, kanalizasiya loyi va yog‘och chiqindilar talab qilinadi. Keyin massa avtoklav tipidagi reaktorga joylashtiriladi va 260-300 darajada isitiladi, bu esa bosimning 3-6 MPa ga oshishiga olib keladi.

Katta organik molekulalarda qayta ishlash jarayonida bog‘lanishlar buziladi, buning natijasida neftga o‘xshash moddalar hosil bo‘ladi. Olimlarning ta’kidlashicha, ana shunday jarayonlar Yerning qadimgi okeanlarida sodir bo‘lgan va bu tabiiy neft paydo bo‘lishiga olib kelgan.

Yangi texnologiya bir qator ekologik muammolarni hal qiladi. Bu organik chiqindilarni yo‘q qilishga, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga yordam beradi. Shuningdek, uglerod sintetik neft tabiiy neftni o‘rnini bosishi mumkin.

Tadqiqot mualliflari birinchi marta neft hosil bo‘lishida katalizator bo‘lgan bir qator og‘ir metallar kationlarini ajratib olishdi. Bu kashfiyot bioneft sintezi sanoatini yanada rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega, deyiladi mir24.tvsaytida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!