Rossiyalik blogerlar migrantga yangi Kia Rio sovg‘a qilishdi

Rossiyalik blogerlar migrantga yangi Kia Rio sovg‘a qilishdi

Rossiyalik blogerlar qirg‘izistonlik taksi haydovchisiga yangi avtomobil sovg‘a qilishdi.

Guseyn Gasanov va Arutyun Nazaryan eksperiment o‘tkazishdi – ular taksini to‘xtatib, “bu zudlik bilan manzilga borish kerak, lekin hamyonni unutib qo‘yishdi” deb, haydovchi tekinga olib keta oladimi, deb so‘rashdi.
“Kim birinchi bo‘lib rozi bo‘lsa, o‘sha yangi mashina oladi”, – dedi Gasanov eksperiment boshida.
Bir necha marta rad javobidan keyin ular qirg‘izistonlik haydovchiga duch kelishdi - u yigitlarni tekinga olib borishga rozi bo‘ldi. Unga yangi Kia Rio sovg‘a qilindi. Taksi haydovchisi darhol uyiga videoaloqa orqali qo‘ng‘iroq qildi va ularga yangilikni aytib, ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!