Rossiyaga noqonuniy kirgan Fransiya fuqarolari qo‘lga olindi

Rossiyaga noqonuniy kirgan Fransiya fuqarolari qo‘lga olindi

24 avgust kuni kechqurun Finlyandiya janubi-sharqida chegara otryadi tomonidan uch fransuz fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda janubi-sharqiy Finlyandiya chegara qo‘riqlash xizmati saytida xabar berildi.

Manbaga ko‘ra, Finlyandiya tomonidan Rossiya chegarasiga yaqinlashayotgan Fransiya fuqarolari chegara zonasi boshlanishi haqidagi ogohlantiruvchi belgilarni ko‘rgan, biroq ularga e’tibor bermagan. Ular Rossiya hududida bir necha daqiqa bo‘lishgan. Finlyandiya hududiga qaytib kelgach esa ular darhol hibsga olingan.

Finlyandiya chegarachilari fransuz pasportiga ega bo‘lgan uch kishiga nisbatan dastlabki tergov ishlarini olib bormoqda. Fransuzlar chegara buzilishini tan oldi. Ular «Rossiyani yaxshiroq bilishni» va rus tabiati va qushlarini ko‘rishni xohlashlarini aytishdi. Endi ular Rossiyaga noqonuniy qiziqish bildirgani uchun jarimaga tortiladi. Jarima har bir qoidabuzarning kunlik daromadining 30-40 baravarini tashkil qiladi. Agar ular Rossiya hududida qo‘lga olinganida davlat chegarasini buzganliklari uchun uch yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!