Rossiyaga bir million nafargacha mehnat migrantlari qaytishi mumkin

Rossiyaga bir million nafargacha mehnat migrantlari qaytishi mumkin

Rossiya migrantlar federasiyasi prezidenti Vadim Kojenov yaqin kunlarda bir million nafargacha mehnat migrantlari qaytishi mumkinligini aytdi.

Ma’lum qilinishicha, bunga koronavirus pandemiyasi sabab Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan qariyb bir yil to‘xtatib qo‘yilgan muntazam parvozlarning 1 apreldan qayta tiklanishi turtki bo‘ladi.

«Bir million kishini kutyapmiz. Qiyinchilik shundaki, hozir reyslar kam uchyapti»,- dedi Kojenov.

Kojenov yer usti chegara postlari ochilishi bilan vaziyat keskin o‘zgarishini istisno qilmadi. Koronavirus pandemiyasining ortga chekinish sur’ati bunga jiddiy umid qilish imkonini beradi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!