Rossiyadan O‘zbekistonga maxsus poyezdlar qatnovi qo‘yilmoqda

Rossiyadan O‘zbekistonga maxsus poyezdlar qatnovi qo‘yilmoqda

Rossiya Federasiyasidan O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan fuqarolarga pandemiya davrida qulaylik yaratish maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan «Voljskiy-Toshkent» yo‘nalishida 4 ta maxsus reys rejalashtirilmoqda.

Poyezdlar 22, 25, 29 oktyabr hamda 1 noyabr kunlari soat 20:57 da «Voljskiy-Toshkent» yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi.

Ushbu reyslarga faqat bir tomonga, ya’ni Voljskiy-Toshkent yo‘nalishiga chiptalar sotiladi.

Rossiyadagi fuqarolarning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan e-ticket.railway.uz orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilib, jo‘natishlari ham mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!