Rossiyadan kelgan tanker Suvaysh kanalini to‘sib qo‘ydi

Seavigour neft tankeri Rossiyadan Xitoyga ketayotgan karvon tarkibida Suvaysh kanali orqali o‘tayotganda nosozlikka uchradi. Kanal ma’muriyati voqea joyiga 3 ta kema jo‘natdi. Bu haqda Suvaysh kanali matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh shtab boshlig‘i Usama Rabianing so‘zlariga ko‘ra , tanker tortib olingandan keyin shimoldan kanal bo‘ylab kema harakati normal holatga qaytadi.
Buzilgan tanker kanalning 17-kilometriga tortib olinsa, muntazam qatnov qayta yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)