Rossiyadan import qilinayotgan asosiy oziq-ovqatlar nima ekani ma’lum bo‘ldi

Rossiyadan import qilinayotgan asosiy oziq-ovqatlar nima ekani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchi asosiy davlatlar orasida Rossiya ikkinchi o‘rinda. Umumiy importining 25,1 RFdan.

O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-mart oylarida Rossiyadan 205,2 mln dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2022 yilning yanvar-mart oylarida qayd etilgan import hajmi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 44,6 % ga oshgan. Bunda import tarkibida mahsulotlar hajmi 6853,4 mln dollarni va xizmatlar hajmi 529,7 mln dollarni tashkil etgan.
Statqo‘mga ko‘ra, Rossiya O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchi asosiy davlatlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni saqlab qolgan. Xususan, O‘zbekiston umumiy importining 25,1 foizi mazkur mamlakat hissasiga to‘g‘ri kelmoqda
Qozog‘iston yetakchilikni qo‘ldan boy bermadi – 309,7 million dollar (o‘sish – 1,55 barobar, ulush – 37,8%). Braziliyaga ham kuchli uchlikda — 97,5 million dollar (o‘sish mos ravishda +1,8 barobar, ulush – 11,9%).
Rossiya Federasiyasidan eng ko‘p import qilinayotgan mahsulotlar:
Margarin va margarin mahsulotlari — 66 470,1 ming dollari (78,8 %);
Kakao va shokolad — 22 747,7 ming dollari (41,8 %);
Sut mahsulotlari — 5527,1ming dollari (74,2 %);
Kofe — 4351,6 ming dollari (19,7%);
Bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari — 5481,9 ming dollari (59,6 %).
Ma’lumot uchun, 2021 yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning Rossiya bilan tovar ayirboshlash hajmi 32,8 % ga o‘sib, 7 milliard 517 million dollarni tashkil etdi. Rossiya respublikaning umumiy tashqi savdo aylanmasida 17,9 % ulush bilan yirik hamkor davlatlar qatoridan birinchi o‘rinni egalladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!