"Rossiyadagi YTH qurbonlari jasadlarini O‘zbekistonga qaytarish ishlari olib borilmoqda" – Bosh konsulxona

"Rossiyadagi YTH qurbonlari jasadlarini O‘zbekistonga qaytarish ishlari olib borilmoqda" – Bosh konsulxona

Joriy yil 1 sentyabr kuni Rossiyaning Nijegorodsk viloyatida o‘zbekistonliklar ketayotgan mikroavtobus halokatga uchragani haqida Nijegorodsk viloyati polisiyasi xabar bergan edi. Buni O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tasdiqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, YTH oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, shundan 7 nafari O‘zbekiston fuqarolari, 1 nafar shaxsning O‘zbekiston fuqaroligiga mansubligi aniqlanmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonning 3 nafar fuqarosi turli tan jarohatlari bilan Nijegorod oblastining markaziy klinik-shifoxonasi va Viksa shaharchasida joylashgan tibbiy muassasasiga joylashtirilgan.

«Shu bilan birga, jabrlangan fuqarolarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida «Sanaviasiya» (tez yordam vertolyoti) jalb qilingan. Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Jabrlangan fuqarolarimizga tez orada sog‘ayib ketishini tilab qolamiz»
– deyiladi konsullik xabarida.

Hozirda qurbonlarning jasadlarini O‘zbekistonga qaytarish ishlari olib borilmoqda. Ushbu masala Bosh konsulxona nazoratida bo‘lib, Bosh konsul va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xodimlari tezkor ravishda Nijegorod oblastiga borgan. Rasmiylar mahalliy mas’ul vakolatli organlar bilan halok bo‘lganlar shaxsiga aniqlik kiritish va ularni qaytarish, jabrlanganlarga tibbiy muolaja ko‘rsatilishini o‘z nazoratiga olgan.

Shuningdek, konsulxona mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari bilan quyidagi telefon raqamlar orqali bog‘lanish mumkinligini ta’kidladi:

+7-843 526-55-63;
+7-843 526-55-64;
+7-843 526-55-65.

Bog‘lanish uchun Telegram: @kazan_mfa_uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!