Rossiyadagi harbiy safarbarlikka kimlar chaqirilishi ma’lum bo‘ldi

Rossiyadagi harbiy safarbarlikka kimlar chaqirilishi ma’lum bo‘ldi

Rossiya bugungi kunda faqat Ukraina bilan emas, balki kollektiv G‘arb va NATO bilan urushmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu «Rossiya 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevda g‘arb qo‘mondonligi o‘rnatilgan bo‘lib, ular operasiyalarni boshqarmoqda. Ukrainada bo‘lgan sobiq sovet davriga tegishli qurol-yarog‘lar deyarli tugagan. «Endilikda ular G‘arb omborlarida bo‘lgan bachra narsani olib chiqdi. Bizga qarashli deyarli butun NATOning sun’iy yo‘ldosh guruhi ishlayapti: 70 dan ortiq harbiy va 200 dan ortiq fuqarolik sun’iy yo‘ldoshlari bizning bo‘linmalar joylashgan hududlarda razvedka ishlarini amalga oshiryapti», — deydi mudofaa vaziri.

Uning qayd etishicha, dastlabki bosqichda Ukraina Qurolli Kuchlari tarkibida 200 ming kishi bo‘lgan. O‘tgan vaqt davomida ular 100 mingdan ortiq yo‘qotishlarni boshdan o‘tkazgan — armiyasining yarmi halok bo‘lgan. Shu sababli Ukrainada safarbarlikning to‘rtinchi to‘lqini o‘tkazilgan bo‘lib, qariyb 300 ming kishi xizmatga chaqirilgan. Rossiya mudofaa vazirining ta’kidlashicha, Rossiya tomonidan hozirga qadar 5937 kishi halok bo‘lgan.

«Qisman safarbarlik doirasida 300 ming zaxiradagi fuqarolarni chaqiramiz. Bular xizmat qilgan, muayyan mutaxassislikka, jangovar tajribaga egalardir. Muddatli harbiy xizmatchilar va talabalarni chaqirmaymiz. Bizning safarbarlik resursimiz ulkan — 25 milliondan ortiq. Ya’ni safarbarlik uning 1 foiziga ta’sir ko‘rsatadi. Bu ishlar rejali amalga oshiriladi. Bunda barchani tez qamrab olish uchun kombayn kabi ish ko‘rilmaydi», — deydi Shoygu.

Rossiya mudofaa vaziriga ko‘ra, reja bo‘yicha safarbarlik yig‘inlari o‘tkazilishi kerak bo‘lgan, biroq endi bu ishlar amalga oshirilmaydi va qisman safarbarlik bilan shug‘ullaniladi. «Belgilangan muddatlar o‘zgarishi mumkin, ammo maxsus operasiya oldiga qo‘yilgan asosiy vazifa bajarilmoqda. Tabiiyki, uning amalga oshishi uchun qo‘lgan kelgan barcha ishni amalga oshiryapmiz», — deya ta’kidlaydi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!