Rossiyada YouTube, Facebook va Instagram taqiqlanishi mumkin

Rossiyada YouTube, Facebook va Instagram taqiqlanishi mumkin

Rossiya hukumati YouTube, Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarini bosqichma-bosqich o‘chirish rejasini tuzmoqda.

Rossiyada YouTube, Facebook va Instagram’ni bloklash imkoniyati muhokama qilinmoqda.

Hukumat asta-sekin xorij tarmoqlarini taqiqlab qo‘ymoqchi

Hukumat vakillari buni safsata deb aytayotgan bo‘lsa, nodavlat notijorat tashkiloti bo‘lgan Internetni himoya qilish jamiyati bunday tahdidni haqiqatga yaqin deb hisoblamoqda.

Tashkilot direktori Mixail Klimarev Rossiya hukumati 2021 yilda yakuniga yetadigan strategik o‘chirish rejasini tayyorlamoqda.

Mixail Klimarev hukumat buni amalga oshirishni bosqichma-bosqich amalga oshiradi. Aks holda ommaviy namoyishlar boshlanib ketishi mumkin. U hatto hukumat buni qanday amalga oshirishini ham bayon qilgan.

“Dastlab Duma va Kengashda yirik ovoza bo‘ladi, keyin sud ishi va TIVdan ko‘plab bayonotlar chiqadi. Bularning barchasi translyasiya qilinadi va TV, OAVda qizg‘in muhokama qilinadi. Shundan keyin xorij ijtimoiy tarmoqlari yopila boshlanadi. Klimarev jarayon 2021 yil boshida yakuniga yetishini taxmin qilmoqda.

Rossiyada saytlar bloklanib turadimi?

Saytlarni bloklash bir qator asoslarga bog‘liq. Agarda suddan tashqari asos bo‘lsa va Bosh prokuratura, FXX yoki “Roskomnadzor” talab qilsa. Shuningdek, faqat sudning qarori orqali amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan holatlar ham bor.

manba: togri.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!