Rossiyada yetim bolalarni uyiga olib kelib, nomusiga tekkan erkakka hukm o‘qildi

Rossiyada yetim bolalarni uyiga olib kelib, nomusiga tekkan erkakka hukm o‘qildi

Sankt-Peterburg sudi fotograf Aleksandr Brikovni bolalar pornografiyasini yaratish va tarqatish, shuningdek, yetim bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun 4,7 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

Tergov va sud 2005-2008 yillarda Brikov bolalar uyidan voyaga yetmagan bolalarni o‘z uyiga olib kelgani, ular bilan pornografik materiallar suratga olgani va jinsiy zo‘ravonlik qilganini aniqladi.

"Sud hukmi bilan Brikov 4 yilu 7 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi", deyiladi bayonotda.

Sudda, shuningdek, Sankt-Peterburgning Kirovskiy tumanidagi 566-maktabning sobiq direktori Stanislav Vinogradov, Mehribonlik uyi direktorining sobiq o‘rinbosari Mixail Yelin, maktabning sobiq o‘quvchilari Pavel Prikashikov, Kirill Pokalyuk va Andrey Solovevga qarshi jinoiy ishlarni ham ko‘rib chiqmoqdalar.

"Ularga 2002 yildan 2017 yilgacha bo‘lgan davrda bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga qarshi 23 ta zo‘ravonlik xatti-harakati aybi qo‘yilgan", deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, sud bolalar uyining sobiq o‘qituvchisi Valentin Mixaylov, ayblanuvchilardan birining qarindoshi Vyacheslav Prikashchikov va bolalar uyining sobiq tarbiyalanuvchisi Mixail Nikitinga qarshi ishlarni ko‘rib chiqmoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular jabrlanuvchilarni yolg‘on dalillarni ko‘rsatishga shantaj va o‘ldirish bilan qo‘rqitib, majbur qilishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!