Rossiyada Afg‘onistondan kelgan kursantning jasadi topildi. Qotil ayol bo‘lishi mumkin

Rossiyada Afg‘onistondan kelgan kursantning jasadi topildi. Qotil ayol bo‘lishi mumkin

Rossiyaning Lukyanov nomidagi Ichki ishlar vazirligi instituti yotoqxonasida kursantning jasadi topildi. Uning jasadida zo‘ravonlik alomatlari bor edi. Bu haqda 7 iyun, dushanba kuni Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

"Marhum malaka oshirish kursi talabasi bo‘lgan. U Rossiyaga Afg‘onistondan kelgan va ikkinchi kursda bo‘lgan", deya aniqlik kiritadi Mash telegram kanali. Kursant 26 yoshda edi.

Polisiya xodimlari 25 yoshli gumonlanuvchini hibsga olishdi. U marhum bilan o‘qigan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yoshlar o‘rtasida shaxsiy munosabatlar asosida ziddiyat yuzaga kelgan. Ayol kursantga pichoq bilan jarohat yetkazgani, natijada kursant o‘lgani aytilmoqda.

Endi gumondorning aybi tasdiqlansa, u ta’lim muassasasidan haydaladi, rahbarlari qat’iy intizomiy javobgarlikka tortiladi. Jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!