Roskomnadzor bu ma’lumot yuzasidan hech qanday munosabat bildirmagan.
Baza Telegram-kanali manbalariga ko‘ra, joriy yilning 1 aprelidan boshlab Rosskomnadzor Instagram, Facebook, Telegram kabi messenjer va ijtimoiy tarmoqlarni to‘liq bloklash harakatlarini boshlaydi. Ularning mobil tarmoqlar va stasionar internet tizimlari orqali ishlashi butun mamlakat bo‘ylab to‘xtatiladi.
Roskomnadzor “RBK”ga idora bu masala yuzasidan ilgari e’lon qilingan ma’lumotdan boshqa hech narsani qo‘shimcha qilmasligini bildirgan.
Avvalroq Roskomnadzor bir qator messenjerlar, jumladan Telegram hanuzgacha Rossiya qonunchiligiga rioya etmayotgani sababli cheklovlar joriy etishini bildirgandi.
Kecha Telegram messenjer qoidalarini buzgani uchun bir kunda 230 mingdan ortiq kanal va guruhni bloklagani xabar beilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘chirilgan kanal va guruhlar orasida “firibgarlik” va “terrorchilik faoliyati” bilan bog‘liqlari ham bor.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Ўтган йили Ўзбекистон миллий терма жамоаси бошқаришга таклиф этилган машҳур немис мутахассиси Йоахим Лёв барибир жаҳон чемпионатига бориш имкониятига эга бўлди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.