"Rossiya va Xitoy qurollanish poygasini avj oldirmoqda!"

"Rossiya va Xitoy qurollanish poygasini avj oldirmoqda!"

AQSH, Fransiya va Buyuk Britaniya emas, aksincha Rossiya va Xitoy yadro qurollari poygasini boshlamoqda, shu bois Vashington, Moskva va Pekin ishtirokida uch tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi zarur, dedi AQShning qurol-yarog‘lar nazorati bo‘yicha maxsus vakili Marshall Billingsli.

Payshanba kuni Hudson Institute ilmiy muassasasida tashkil etilgan onlayn-konferensiyada Billingsliga AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiyaning yadroviy kuchlarini modernizasiyalashtirayotgani qurollanish poygasi hisoblanadimi, deb savol berishgandi.

“Biz ham emas, Fransiya yoki Buyuk Britaniya ham emas. Hozirda qurollanish poygasi Rossiya va Xitoy tomonidan amalga oshirilmoqda. Shu bois ham AQSh prezidenti uch tomonlama muzokaralar amalga oshirilishi lozim ekanini ta’kidladi“, dedi Billingsli.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!